1 871
Surxondaryoda hokimlik zaxirasidagi 10 sotix yerni 3300 dollarga sotgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Surxondaryo viloyati Termiz tumanida hokimlik zaxirasida bo‘lgan 10 sotix yerni o‘ziga tegishli ekanini bildirib, uni rasmiylashtirib berishini aytib fuqaroga 3300 dollarga sotgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Termiz tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar T.X. va B.A.larning firibgarligi aniqlangan.
Ular oldindan til biriktirib, tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 10 sotix yerni o‘zlariga tegishli ekanini aytib, ushbu yer maydonini fuqaro M.ga rasmiylashtirib berish evaziga firibgarlik yo‘li bilan undan 3 300 AQSH dollari olgan. So‘ng 9 million so‘mni o‘z ixtiyori bilan qaytargan. Qolgan pul ulardan protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28-, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Surxondaryoda yer sotishini aytib fuqaroning 29 million so‘m pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Surxondaryoda yer sotishini aytib fuqaroning 4 400 dollar pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi