O‘zbekistonda dorixonalar faoliyatini tartibga solish rejalashtirilmoqda. Bu 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida belgilangan.
Noqonuniy farmatsevtik faoliyat va retseptsiz dori-darmon vositalarini, jumladan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotish tartibini buzganligi uchun Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga vakolatli organlarni xabardor qilgan holda tekshiruvlar o‘tkazish va ma’muriy javobgarlik choralarini belgilash huquqini berish ko‘zda tutilmoqda.
Bundan tashqari, birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati muassasalarini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash ishlari yanada yaxshilanadi. Davlat budjetidan dori vositalari va tibbiy buyumlarga ajratilgan mablag‘larning 3 barobarga oshirilishi ta’minlanadi. Bunda asosiy e’tibor xonadonbay tibbiy profilaktikani kuchaytirishga qaratiladi.
Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatining xodimlariga mehnatga haq to‘lash tizimi takomillashtiriladi. Bunda, tibbiyot xodimlari bilan ta’minlashda respublika hududlarining olis va chekka hududlari va kadrlar ta’minoti past bo‘lgan hududlar ro‘yxati aniqlanadi, olis va chekka hududlar va kadrlar ta’minoti past bo‘lgan hududlar ro‘yxatiga kiritilgan tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi tibbiyot xodimlarining oylik maoshlariga alohida qo‘shimcha ustama kiritiladi.
Shuningdek, birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatida mavjud tibbiy jihozlar xatlovdan o‘tkaziladi. Aholiga davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan tibbiy texnika va tibbiy buyumlar ehtiyoji shakllantiriladi. Xatlov natijalari va tibbiy texnika va buyumlarga ehtiyojdan kelib chiqib, birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalariga tibbiy jihozlar uchun qo‘yiladigan minimal talablar ishlab chiqiladi. Shakllantirilgan ehtiyoj asosida tibbiy texnika va tibbiy buyumlar xaridi amalga oshiriladi.
Shuningdek, xonadonbay “maqsadli” skrining o‘tkazish choralari ko‘riladi. Xonadonbay “maqsadli” skrining asosida onkologik, endokrinologik va terapevtik kasalliklarga chalingan bemorlarni erta bosqichlarda aniqlash mo‘ljallangan. Aniqlangan bemorlarni tegishligi bo‘yicha hududning o‘zida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tashkil etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi