12:09 / 03.01.2022
1 362

O‘zbekistonda endi har yili «Ma’naviyat festivali» o‘tkaziladi

O‘zbekistonda endi har yili «Ma’naviyat festivali» o‘tkaziladi
O‘zbekistonda “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi amalga oshiriladi. Bu 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida belgilangan.
Qayd etilishicha, “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi va uni 2022–2032 yillarda amalga oshirish milliy dasturi ishlab chiqiladi.

Bunda, “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” mavzusida plakatlar turkumi, multimedia va boshqa zamonaviy targ‘ibot mahsulotlari yaratiladi, “O‘zbekiston qahramonlari”, “Ma’naviyat lug‘ati” kitoblarining taqdimoti o‘tkaziladi, har yili an’anaviy tarzda “Ma’naviyat festivali” o‘tkazib boriladi.

Shuningdek, o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma’naviy merosini asrab-avaylash, keng ommalashtirish hamda rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mo‘ljallangan.

O‘zbek xalqining milliy qadriyatlari, ma’naviy merosi, nomoddiy madaniy meros elementlarini muhofaza qilish va ommalashtirish bo‘yicha 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi ishlab chiqiladi.

Nomoddiy madaniy merosning saqlovchilari va ularni ommalashtirish bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga qo‘shimcha imtiyoz, preferensiya va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari belgilanadi.

Nomoddiy madaniy meros elementlarini YUNЕSKO va boshqa xalqaro tashkilotlarning tegishli umume’tirof etilgan ro‘yxatlariga kiritishga erishish choralari ko‘riladi.

“Tayyorlash – o‘rgatish – o‘rganish – tiklash – saqlash – ommalashtirish – sotish” uzliksiz yaxlit tizim asosida nomoddiy madaniy merosni rivojlantirish klasterlari tashkil etiladi. “Milliy qadriyatlar oyligi” va “Milliy qadriyatlar sayli” o‘tkazib boriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda endi har yili «Ma’naviyat festivali» o‘tkaziladi