Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamayayotgani bois avval joriy etilgan muayyan cheklovlarni olib tashlash masalalari ko‘rib chiqildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda yanvar oyiga nisbatan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan maxsus 1 va 2-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalariga bemorlar gospitalizatsiyasi 7 baravarga kamaygan.
«2022 yil yanvar oyida «103» tez tibbiy yordam xizmatiga kunlik chaqiriqlar soni respublika bo‘yicha 34 mingta bo‘lgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich oxirgi kunlarda 20 mingtani tashkil etmoqda. Ya’ni deyarli 1,5 barobarga kamaydi.
Bugungi kunda kasallikning tarqalganlik darajasi 0,4 ni tashkil etmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlari xulosasiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 1,0 gacha bo‘lsa, vaziyat barqarorligini anglatadi.
Xorijiy ommaviy axborot vositalarining tarqatayotgan xabarlariga ko‘ra, bugungi kunda aksariyat mamlakatlar koronavirus infeksiyasini endemik kasallik sifatida tan olib, asosiy cheklovlarni, hatto niqob taqish tartibi va COVID-19 pasportlarini bekor qilish niyatida ekanini ma’lum qilmoqda.
Shu bilan birga, Yevropa davlatlari aholini emlash jarayonini kuchaytirishni taklif etmoqda», deyiladi SSV xabarida.
Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqib, joriy yilning 1 martidan boshlab fuqarolarning ochiq havoda niqob taqmasligiga ruxsat berildi.
Shuningdek, epidemik vaziyatdan kelib chiqqan holda fuqarolarning ijtimoiy masofasini ta’minlash qiyin bo‘lgan joylarda:
- jamoat transportida;
- yirik savdo do‘konlarida;
- ta’lim muassasalarida;
- davlat va nodavlat idoralarida;
- masjidlar, teatr, kinoteatr, muzey, san’at saroylari, maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalari va boshqa odamlar gavjum joylarda niqob taqish tavsiya etildi.
Sog‘liqni saqlash muassasalarida tibbiyot xodimlarining, ular koronavirus bilan kasallanganlar bilan aloqada bo‘lishidan qat’i nazar, niqob taqishi talabi saqlab qolindi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda COVID-19 bilan bog‘liq ilk holat 2020 yil 15 mart kuni aniqlangach, 16 martdan ta’limgohlar karantinga yopilgan, 23 martdan e’tiboran butun mamlakat bo‘ylab tibbiy niqobsiz harakatlanish taqiqlangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”