18:23 / 08.03.2022
1 561

O‘zbekistonda doimiy yashovchi ayollar soni ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda doimiy yashovchi ayollar soni ma’lum bo‘ldi
Foto: «Daryo» / Madina Nurman
2022 yilning 7 mart soat 18:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda doimiy yashovchi ayollar soni 17 587 908 nafarga yetdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ayollar mamlakat doimiy aholisining 49,7 foizni tashkil etmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1991 yilda respublikada doimiy yashovchi aholining 50,6 foizini ayollar tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2022 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, doimiy aholi soni 35 271,3 ming kishini tashkil etib, 2021 yil 1 yanvarga nisbatan 712,4 ming kishiga yoki 2,1 foizga ko‘paygan. 2021 yilda O‘zbekiston bo‘yicha 305 082 ta nikoh, 39 227 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda doimiy yashovchi ayollar soni ma’lum bo‘ldi