1 513
«Zagranpasport»ni berishga doir davlat xizmati ko‘rsatish tartibi soddalashtiriladi
Prezidentning “O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini berishga doir davlat xizmati ko‘rsatish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Loyiha xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish xizmatini Davlat xizmatlari markazlari hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
O‘zbekiston fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom tegishli qismlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini nazarda tutuvchi yangi tahrirdagi bob bilan to‘ldirilmoqda.
Xorijda doimiy istiqomat qiluvchi O‘zbekiston fuqarolariga tegishli xizmatlar konsullik muassasalari yoki Tashqi ishlar vazirligi Konsullik departamenti tomonidan ko‘rsatilishi inobatga olinib, loyihadan Tashqi ishlar vazirligi tuzilmalari tomonidan davlat xizmati ko‘rsatishga oid normalar chiqarib tashlanmoqda.
Loyihada quyidagi muhim jihatlar ifodalangan:
birinchidan, qog‘oz ko‘rinishidagi ariza-anketani to‘ldirish amaliyotidan to‘liq voz kechilib, faqatgina elektron so‘rovnoma to‘ldirish mexanizmi joriy etilmoqda. Bu bilan migratsiya bo‘linmalari qoshida faoliyat yuritadigan turli pulli xizmat byurolari noqonuniy faoliyati oldi olinadi;
ikkinchidan, ayrim murakkab hollarda xizmat oluvchilar tomonidan taqdim etilishi lozim bo‘lgan qator ma’lumotnoma va spravkalar qisqartirilmoqda. Xususan, harbiy xizmatga majburlar uchun – harbiy guvohnoma yoki chaqiruv uchastkasida qayd etilgani haqidagi guvohnoma nusxasi bekor qilinib, xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan mudofaa organlari tomonidan mustaqil tekshiriladi.
- Voyaga yetmagan shaxslar uchun ota-onalar birgalikda murojaat qilgan hollarda, ularning notarial tasdiqlangan roziligi talab etilmaydi. Bundan tashqari, hamrohlik qiluvchilar ota-ona yoki vasiy-xomiylar bo‘lgan taqdirda, ulardan hamrohlik qiluvchining notarial tasdiqlangan majburiyatnomasini olish tartibi bekor qilinmoqda;
- uchinchidan, xizmatlar respublika bo‘ylab to‘liq eksterritorial tamoyil asosida amalga oshiriladi;
- to‘rtinchidan, fuqaro xorijga chiqish biometrik pasportini yaroqsiz holga keltirgan yoki yo‘qotib qo‘ygan taqdirda, ma’muriy javobgarlikka tortilmasligi joriy etilmoqda. Bunda, yangi xorijga chiqish biometrik pasporti belgilangan davlat boji summasi bir yarim baravarini undirgan holda rasmiylashtirib beriladi;
- beshinchidan, amaldagi tahrirning “Xorijga chiqish huquqiga cheklovlar” bobi konstitutsiya 28-moddasi talablariga muvofiqlashtirish maqsadida “Xorijga chiqish biometrik pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatini rad etish asoslari” etib qayta tahrir qilinmoqda;
- oltinchidan, amaldagi tahrir 1- va 2-boblaridagi xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishning ayrim murakkab va mazmunan davlat xizmatini ko‘rsatish asosiy tartibiga bog‘liq bo‘lmagan qator tartib-taomillari alohida bobga o‘tkazish orqali nizom maromiga yetkazilmoqda;
- yettinchidan, pasportda xato bo‘lgan taqdirda qayta murojaat uchun yig‘im undirmaslik, shuningdek xizmat ko‘rsatish qonunchilikda belgilangan asos bo‘yicha rad etilgan taqdirda to‘langan summa qaytarib berilishi nazarda tutilmoqda.
Bildirilishicha, loyiha qabul qilinishi davlat budjetidan qo‘shimcha moliyaviy xarajatlarni talab etmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari