date
views 1 514

Ikki agentlik Adliya vazirligiga qoʻshib yuborildi

Ikki agentlik Adliya vazirligiga qoʻshib yuborildi
Soʻnggi paytlarda davlat organlari koʻpayib, ma'muriy apparat kengayib ketayotgani koʻp tanqid qilinayotgandi. Adliya vazirligi ishni oʻzini isloh qilish va ixchamlashtirishdan boshladi. Bugun bu haqida Prezident Farmoni imzolangan.

Farmonga koʻra, Davlat xizmatlari agentligi va Intellektual mulk agentligi Adliya vazirligiga qoʻshib yuborildi. Endi ular vazirlik tarkibida departamentlar sifatida faoliyat yuritadi.

Qoʻshilish natijasida Adliyada respublika darajasidagi rahbarlar soni 2 barobarga qisqardi, boshqaruv xodimlari soni 110 taga kamaydi, vazirlik tizimidagi boshqaruv tuzilmalari 666 tadan 222 taga, bir-birini takrorlovchi vazifalar 34 foizga, funktsiyalar 46 foizga qisqarmoqda. Natijada 84,5 mlrd soʻm iqtisod qilinmoqda.

Tuman darajasida alohida faoliyat yuritadigan 4 ta tuzilma birlashtirilmoqda. Adliya boʻlimlari, DXM, FHDYo, yuridik xizmat markazlari tuman-shahar adliya boʻlimlari tarkibiga kiritilmoqda.

Vazirlik markaziy apparatidagi boshqarmalar soni ham 24 tadan 20 taga qisqartirildi. «Raqamli adliya» tizimi bunyod etiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ikki agentlik Adliya vazirligiga qoʻshib yuborildi