3 oyda eng ko‘p nikoh holatlari Samarqand viloyatida qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Qo‘mitaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida respublika bo‘yicha 57 873 ta nikoh holatlari qayd etilgan.
Qayd etilishicha, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2015 taga kam.
Hududlar kesimida qayd etilgan nikohlar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda – 6341 ta holat. Keyingi o‘rinlardan mos ravishda 6213 ta va 5341 ta nikoh kuzatilgan Qashqadaryo viloyati hamda Farg‘ona viloyati joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlarda quyidagicha ko‘rinish oldi:
Xorazm viloyati – 5241 ta;
Surxondaryo viloyati – 5136 ta;
Toshkent viloyati – 4572 ta;
Andijon viloyati – 4521 ta;
Toshkent shahri – 4306 ta;
Qoraqalpog‘iston R. – 4149 ta;
Buxoro viloyati – 3694 ta;
Namangan viloyati – 3611 ta;
Jizzax viloyati – 2095 ta;
Sirdaryo viloyati – 1339 ta;
Navoiy viloyati – 1314 ta.
Bundan oldin nikohni qayd etishdagi 1 oylik muddat bekor qilinishi mumkinligi xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi