
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, BMB Trade Group kompaniyasi, Toshkent shahar hokimligi hamda “Hilton” mehmonxonasi o‘zbek futbolining 110 yilligiga bag‘ishlab muxlislar uchun ajoyib sovg‘a tayyorlamoqda.
Uzoq yillar davomida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan futbolimiz afsonalari milliy terma jamoa bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazadilar. Shu munosabat bilan mamlakatimizga Italiya futboli afsonalaridan iborat jamoa tashrif buyuradi.
Media-tadbirlar 17 may kuni “Bunyodkor” stadionida, jamoalar o‘rtasidagi o‘yin 18 may kuni “Paxtakor” stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
O‘FA matbuot xizmati.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar