22:30 / 02.05.2022
1 259

Mirjalol Qosimov: "Qo‘rqib o‘ynagandan ko‘ra, futbolni yig‘ishtirib qo‘ygan ma’qul"

Mirjalol Qosimov: "Qo‘rqib o‘ynagandan ko‘ra, futbolni yig‘ishtirib qo‘ygan ma’qul"
Superliganing 6-turi doirasidan o‘rin olgan "Paxtakor" - AGMK uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘yin haqida
- Avvalambor Ramazon hayiti bilan o‘zbek xalqini tabriklayman. Bir-biriga munosib jamoalar maydonda to‘qnash keldi. Qolaversa, "Paxtakor" O‘zbekistonning amaldagi chempioni sanaladi. Ikkala jamoada ham g‘alaba qozonish uchun imkoniyatlar bo‘ldi, biroq oxir-oqibat durang natija qayd etildi. Endi Hayit kunini uyda nishonlab, keyingi o‘yinga tayyorgarlikni boshlaymiz.

- AGMK, umuman o‘zbek klublarida "Paxtakor"ga qarshi qo‘rquv sindromi bormi, sababi "sherlar" bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan taqdirda ham boshqa jamoalar ehtiyotkor harakat qilishadi...
- Bizda unday sindrom yo‘q, har bir jamoaning o‘z rejasi, yo‘nalishi mavjud. Biz ham g‘alaba uchun maydonga chiqqandik. Lekin bir narsani yoddan chiqarmaslik kerak, eng kuchli futbolchilar "Paxtakor"da jam bo‘lgan. Qo‘rqib o‘ynagandan ko‘ra, futbolni yig‘ishtirib qo‘ygan ma’qul. Jamoa chindan kuchli, bekordan-bekorga OCHLda ishtirok etmadi. Shu bois to‘g‘ri taqqoslash qilgan ma’qul.

- "Paxtakor" bir kishi kam bo‘lib qolganiga qaramay, o‘yin oxiridagi 6-7 daqiqada ketma-ket hujumlar uyushtirishdi. Nega shogirdlaringiz bunga yo‘l qo‘yib berdi?
- To‘g‘risi, bunga o‘zim ham tushunmadim. Shogirdlarimga tanbeh ham berdim. Yodingizda bo‘lsa, Namangandagi kubok bahsida ham tezkor qarshi hujumda to‘p o‘tkazib yuborgandik. Ularda shu jihat kuchli. Bu vaziyatlarni muhokama qilamiz.

- Ikkala jamoada ham vaziyatlarni yakunlashda muammolar ko‘zga tashlandi. Umuman olganda, chempionatda ko‘zga ko‘rinarli hujumchi yo‘qdek. O‘tgan yili birorta hujumchi o‘yinning o‘zidan (penaltilarsiz) 10 tadan ko‘p gol urolmadi. So‘nggi yillarda yuzaga kelgan mana shu muammo haqida nima deya olasiz?
- Bugun ham "Paxtakor" himoyachilari yaxshi harakat qilishdi. Futbolchilarimizda imkoniyatlar bo‘ldi. Bizda hujumchi kam. O‘zbek futbolida chindan ham bunday hujumchi yo‘q. Futbolchi ham bir daraxt. Uni parvarishlash kerak. Tinimsiz mehnat orqali yuqori darajaga erishish mumkin, deydi Qosimov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: "Qo‘rqib o‘ynagandan ko‘ra, futbolni yig‘ishtirib qo‘ygan ma’qul"