Superliganing 6-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Avvalo Ramazon hayit bayrami bilan muxlislarimizni va O‘zbekiston xalqini tabriklayman. Futbolchilarga o‘tgan o‘yinda mag‘lub bo‘lganimiz va bugun borimizni berib o‘ynashimiz lozimligini tushuntirgandim. G‘alabaga erishganimizda 3 ochko muxlislarimiz uchun sovg‘a bo‘lardi. Yigitlar harakat qilishdi, afsus so‘nggi daqiqalarda omad bizdan yaqqol yuz o‘girmoqda. Bugun tan olish kerak, durang natijaga mos o‘yin bo‘ldi. "Nasaf" OCHLda tig‘iz taqvim bilan o‘yinlar o‘tkazib keldi. Ularni guruh bosqichidan chiqqanliklari bilan tabriklayman.
Yutqazgan murabbiy uchun jarayon juda og‘ir bo‘ladi. G‘alaba uchun ko‘proq harakat qilishimiz kerak. Bugun hujumkor taktika tanladik, 2 ta hujumchi bilan o‘yin boshladik. Lekin, tan olish kerak, bizda vaziyatlar ko‘p bo‘lmadi.
- Gol bo‘lgan vaziyatda darvozabonga nisbatan qo‘pollik bor edi deb hisoblaysizmi?
- Bilmadim, bunaqa vaziyatlarda hakamlar ko‘proq darvozabonlar foydasiga qaror chiqarardi. Lekin hozir bu provakatsion savolga o‘xshab qolayapti. Nimadir deb yuborishim yoki hozir gapning ochig‘i, qiziqqonlik bilan fikr bildirib qo‘yishim mumkin. Bu vaziyatlarga to‘xtalishning o‘zi to‘g‘ri emas. To‘p nazorati bizda emasdi, yutqazdik, bo‘lar ish bo‘ldi. Vaziyatni oxirigacha o‘ynab qo‘yishimiz kerak edi. Muxlislar bizni oxirigacha qo‘llab-quvvatlashdi. Biz hatto durangni ham ushlab qola olmadik.
O‘yin oxirida Shahzodbek Nurmatovning jarohati tufayli yaqqol hujumchisiz qolib ketdik. Keyingi o‘yinlarga tayyorgarlikka kirishamiz. Muxlislardan murabbiylar shtabi nomidan uzr so‘rayman. To‘g‘ri, uzr so‘rash bilan ish bitmaydi, aybdormiz. Bugun 6 ochkolik o‘yin edi. Durang bo‘lganida ham turnir jadvalida normal o‘rinda qolardik. Murabbiyning reytingi natijaga qarab baholanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas