Superliganing 7-turidan o‘rin olgan "Navbahor"- "Bunyodkor" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan fikrlarini bildirib o‘tdi.
"O‘yin haqida to‘xtalishdan oldin muxlislarimizni g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun nafaqat stadionni to‘ldirishdi, balki bo‘sh joy qoldirishmadi. 1996 yilgi mavsumda ham xuddi shunday atmosfera hosil qilishgani yodimda. Futbolchilar, murabbiyilar, rahbariyat amalga oshirayotgan ishlarning hammasi muxlislarning xursandchiligi uchun. Haqiqiy bayram bo‘ldi. Qaysidir ma’noda so‘nggi daqiqalar hayajonli o‘tdi desam adashmayman. Bunday qo‘llab - quvvatlashdan keyin har qanday g‘alaba yoqimli va qadrli. Superligada kurash davom etadi. O‘tkinchi o‘yin yo‘q", - deydi Babayan.
- Penaltini tepishda ko‘rsatma qanday bo‘lgandi yoki o‘sha vaziyatda futbolchilarning o‘zi hal qildimi?
- Jamoada shunday elementlar borki, kiyinish xonasida muhokama qilib olinadi. Jokichning oxirgi jamoalaridagi ijro borasida statistikasi yaxshi ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Penaltini urolmadi, lekin ajoyib gol urdi. Yigitlarga oxirigacha kurashgani uchun, muxlislarga ajoyib olqishlar uchun minnatdorchilik bildiraman. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi