
"Chelsi" klubi rasmiy sayti jamoani yangi rahbarlar sotib olganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Todd Boli, Mark Valter, Xansyorg Uyss va "Clearlake Capital" boshchiligidagi tadbirkorlar tomonidan sotib olindi.
Bayonotda qayd etilishicha, umumiy xaridning 2,5 milliard funt sterlinggi klub aksiyalarini sotib olishga sarflanadi. Keyinchalik ushbu summaning ma’lum qismi xayriya ishlariga sarflanadi.
Bundan tashqari, yangi rahbarlar 1,75 milliard funt sterlingni "aristokratlar"ning akademiyasi, ayollar jamoasi va klub fondini moliyalashtirish uchun ajratiladi. Shuningdek, "Stemford Bridj" stadioni ham rekonstruksiya qilinishi ko‘zda tutilgan.
Taxminlarga ko‘ra, klubni sotishning yakuniy jarayoni shu oy oxirida nihoyasiga yetadi. Avvalroq, agar "Chelsi" 8 iyungacha egalik huquqini o‘zgartirmasa, jamoa kelasi mavsumda APLda o‘ynamasligi mumkinligi haqida xabar berilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar