21:36 / 07.05.2022
977

Ulug‘bek Baqoyev: "Ochiq o‘yin guvohiga aylandik"

Ulug‘bek Baqoyev: "Ochiq o‘yin guvohiga aylandik"
Superliga 7-turidan o‘rin olgan AGMK – "So‘g‘diyona" (3:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Ulug‘bek Baqoyev fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- O‘yin haqida
- AGMKni g‘alaba bilan tabriklayman. Yaxshi o‘yin bo‘ldi. O‘yinchimizning aytishicha, AGMK ikkinchi golni urganda unga nisbatan qoida buzilgan. VAR esa buni bekor qildi. Ochiq o‘yin guvohiga aylandik. Yigitlarga kurash uchun rahmat aytamiz.

- Ushbu mavsumda "So‘g‘diyona" himoyasi u qadar ishonchli ko‘rinmayapti. O‘tgan yili raqiblar deyarli vaziyat hosil qila olishmasdi. Bu nima bilan bog‘liq?
- Bu bir nechta faktorlar bilan bog‘liq holat. Birinchidan, jamoamiz boshqacha hozirlik ko‘rmoqda. Yana bir faktor borki, bu bevosita futbolga aloqador emas. Holat qanday davom etadi, bilmayman. Alamlisi, O‘zbekiston klublari qaysi ligada bo‘lishidan qat’i nazar raqibga qarab tayyorgarlik ko‘radi. Kichik vaziyatlarda bu sezilib qoladi. Bitta vaziyat ikki xil baholanadi. Xuddi simpatiya bordek.

Biz ham, olmaliqliklar ham yaxshi o‘ynashdi. Ikkinchi gol va sariq kartochkalar bilan bog‘liq vaziyatlarga qo‘shilmadim. Mayli, hechqisi yo‘q. Keyingi bahslarga tayyorgarlik ko‘ramiz.

- Keyingi turda "Nasaf" bilan to‘qnash kelasizlar...
- Hozirgi kunda har bir jamoa bilan jiddiy bahs kuzatiladi. Shunchaki o‘tib ketadigan o‘yinlar yo‘q. Har bir raqibni hurmat qilamiz va obdon taraddud ko‘ramiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ulug‘bek Baqoyev: "Ochiq o‘yin guvohiga aylandik"