1 468
Shahram G‘iyosov yarim o‘rta vazndagi ilk jangidayoq kamarni qo‘lga kiritdi, Elnur Abduraimovda nokaut
Foto: Getty Images
Professional boksning yarim o‘rta vazn (-66,6 kg) toifasiga o‘tgan Shahram G‘iyosov Las Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida ringga ko‘tarildi.
O‘zbekistonlik bokschi yangi vazn toifasidagi ilk jangida meksikalik Kristian Gomesga (22-2-2, 20 KO) qarshi IBF Shimoliy Amerika mintaqaviy chempionlik kamari uchun bellashdi.
10 raundlik bahs to‘liq davom etdi va unda raqibini 3 bor nokdaun holatiga tushirgan G‘iyosov ochkolar bo‘yicha (99-88, 99-88, 98-89) g‘alaba qozonib, kamarni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Shahram bungacha -64,86 kg vaznda ringga ko‘tarilib, 12ta g‘alaba (9tasi nokaut) qayd etgandi.
Shuningdek, ushbu kechada o‘zbekistonlik yana bir bokschi Elnur Abduraimov (9-0, 8 KO) ham o‘z jangini o‘tkazdi.
-58,97 kg vaznda harakat qiladigan Elnur kubalik Manuel Korreani (11-1, 7 KO) ketma-ket nokdaunlardan so‘ng 2-raunddayoq nokautga uchratdi va raqibiga ilk mag‘lubiyatni taqdim etib, professional boksdagi g‘alabali seriyasini 9taga yetkazdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi