UYEFA Yevrokuboklar yangi formatga o‘tkazilishini ma’lum qildi. Yangi formatda «shvetsarcha tizim»dan foydalaniladi.
Chempionlar Ligasida ishtirok etuvchi jamoalar soni 32 tadan 36 taga oshiriladi. Qo‘shimcha to‘rt yo‘llanmadan biri Yevropaning eng kuchli 5-chempionatida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoaga tegadi. Yana biri chempionlar yo‘li saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan klubga nasib etadi. Qolgan ikkitasi esa o‘tgan mavsum Yevrokubklarda eng yaxshi natija qayd etgan liga jamoalariga beriladi.
Barcha jamoalar bitta jadvalga joylashtiriladi. Har bir jamoa sakkizta turli raqibga qarshi bahs olib boradi (4 ta uy, 4 ta safar o‘yini).
Dastlabki 8 ta o‘rinni egallagan jamoa avtomatik ravishda 1/8 final bosqichiga yo‘l oladi. 9—24-o‘rin egalari esa ikkita o‘yindan iborat pley-off bosqichida ishtirok etadi va undan muvafaqqiyatli o‘tgan yana 8 klub nimchorak finalga chiqadi.
Yevropa Ligasi (guruh bosqichida 8 ta o‘yin) va Konferensiyalar Ligasi (6 ta o‘yin) ham xuddi shu formatda o‘tkaziladi. Yangi format 2024/25 yilgi mavsumdan boshlab joriy etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi