21:28 / 11.05.2022
1 052

Superliga. AGMK "Qizilqum"ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Superliga. AGMK "Qizilqum"ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Superliga 8-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - AGMK uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Unda nominal mehmonlar 4:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Olmaliqliklar safida Boake, Rahmonov, Haqnazari va Xurshid G‘iyosov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. "Qizilqum" tarkibida yagona gol muallifi Komolafe bo‘ldi.

Mazkur natijadan so‘ng AGMKning ochkolari soni 13 taga yetdi. "Konchilar" ayni payt turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.

"Qizilqum" hisobidagi ochkolari soni 14 taligicha qoldi. "Oltin izlovchilar" hozircha jadvalning 2-pog‘onasidan joy egallagan.

"Qizilqum" – AGMK - 1:4
Gollar
: Martin Boake 45, - 0:1. Sardor Rahmonov 54, - 0:2 (Mirjamol Qosimov). Pol Komolafe 55, - 1:2. Siyavash Haqnazari 82, - 1:3 (Xurshid G‘iyosov). Xurshid G‘iyosov 90+9 penalti, - 1:4.

"Qizilqum": 1.Ignatiy Nesterov, 7.Sanjar Shoahmedov, 10.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 11.Aleksandar Stanisavlevich, 17.Salim Mustafoyev, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 23.Sherali Jo‘rayev (29.Gabriel Gonsalo, 79), 28.Shuhrat Muhammadiyev, 33.Oleg Zoteyev, 43.Pol Komolafe, 88.Artyom Dmitriyev.
Zaxira: 35.Javohir Ilyosov, 3.Abduvosidxon Abdurashidov, 5.Timur Nabiyev, 9.Humoyun Abdualimov, 14.Fayzulla Qambarov, 18.Jasur Azimov, 25.Azizbek Usmonov, 87.Alisher Sanoyev.

AGMK — 1.Botirali Ergashev - 7.Dilshod Ahmadaliyev, 3.Sardor Rahmonov, 5.Anzur Ismoilov, 2.Akrom Komilov - 8.Abdulla Abdullayev, 4.Mirjamol Qosimov (11.Murod Toshmatov, 90+1), 88.Siyavush Haqnazariy (63.Alisher Jalilov, 90+1) - 22.Shohruh Gadoyev ( 70.Mirg‘iyos Sulaymonov, 84), 27.Martin Boake (23.Aleksandr Kasyan, 84), 10.Xurshid G‘iyosov.
Zaxira: 35.Valijon Rahimov - 9.Zafar Polvonov, 15.Andrey Mishenko, 77.Nodir Abdurazzoqov.

Ogohlantirishlar: Pol Komolafe 44, Martin Boake 60, Sherali Jo‘rayev 76.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. AGMK "Qizilqum"ni yirik hisobda mag‘lub etdi