
“Roma” kelganidan keyin to‘purarlik qobiliyati qayta porlay boshlagan Temmi Abraxam yana Angliya premer-ligasiga qaytishi mumkin.
Yevropa matbuotining yozishicha, 24 yoshli hujumchiga “Arsenal” jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Kanonirlar” bilan hamkorligini uch yilga uzaytirgan bosh murabbiy Mikel Arteta kelasi mavsum jamoasini Chempionlar ligasida ishtirok etishga tayyorlayapti.
Yozda jamoani ikki hujumchi – Aleksandr Lyakazett va Eddi Nketia tark etishi kutilyapti. Arteta ularning o‘rniga asosiy to‘purar sifatida Temmi Abraxamni olib kelmoqchi.
“Roma” bu transferga qarshi emas. Klub mutasaddilari 80 million yevrodan boshlanadigan jo‘yalt taklif bo‘lsa, uni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan. Demak, yozda Temmi Abraxamning ham bozori qiziydigan ko‘rinadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar