15:43 / 13.05.2022
3 522

Alisher Qodirov "So‘g‘diyona" klub nomi va logotipini o‘zgartirishni taklif qildi

Alisher Qodirov "So‘g‘diyona" klub nomi va logotipini o‘zgartirishni taklif qildi
"Biroz futbol haqida… Jizzax jamoasining ashaddiy muxlisiman. "Nasaf"ni esa yaxshi ko‘raman, zo‘r jamoa.

Bir paytlar Qashqadaryoda futbolni fundamental rivojlantirish uchun rahmatli Nuriddin Zayniyevning qilgan ishlarini Ergash Saliyev Jizzaxda endi qilyapti. Futbolni yaxshi ko‘radigan va shu yoshda ham shaxsan futbol o‘ynaydigan amaldagi hokimni men tanimayman. Futbol Jizzaxda fundamental rivojlanyapti, bu fakt. Lekin hozircha ortdamiz, 1:2.

Ulug‘bek Baqoyevga esa mahalliychilik qilish emas, mahalliy qobiliyatlarni ko‘proq tarbiyalashni maslahat beraman. Jizzaxda yosh qobiliyat bitta Xalilov ko‘rinayapti. "Nasaf"dagilarni esa sanab tugatib bo‘lmaydi… Bugun chempion bo‘lolmasmiz, ertaga da’vogar bo‘lishimiz uchun yagona yo‘l shu!

Yana bir gap. "So‘g‘diyona" degan nomning Jizzaxga umuman aloqasi yo‘q. Bu Samarqand hududidagi qadimgi davlat. Jizzax bu hududga hech qachon taalluqli bo‘lmagan. Jizzax qadimgi Ustrushona davlatidagi Duzark edi.

Jamoaning nomini "Jizzax" deb o‘zgartirish kerak. Bu viloyatni samarali reklama qilish uchun ham tayyor piar resurs, masalan, Milan, Manchester, Lester, Marsel. Turkiyadagi hatto mahallalar nomini ham dunyoda yaxshi bilishadi: Galatasaroy, Beshiktosh, Fenerbaxche.

Bu masala, Jizzaxni bu yilda ilk bor xalqaro turnirda ishtirok etishi hisobga olinsa, ayni muddao.

Logotip masalasida…
Bo‘ri va "Roma" - bu qadimiy rivoyatga tayanadi. Lekin bo‘ri va Jizzax, juda beo‘xshov. O‘ylashimiz kerak. "Yuventus"nikiga o‘xshagan Jizzax viloyatining logotipi juda zo‘r chiqqan, aslida, nega shu logo ishlatilmaydi - aniq, mashhur va tushunarli. "Yuventus"dek bo‘lib ketarmidik.

Umuman olganda, O‘zbekistonda futbol o‘zgardi. Tomoshabop va adolatli o‘yinlar ko‘paydi. Men shaxsan hamma o‘yindan zavq olyapman.

Jamoalarni tezroq xususiylashtirsak va islohotlarni shu shaklda davom ettirsak, jiddiy natijalar uzoqda emas", - dedi "Milliy Tiklanish" demokratik partiyasi MK raisi Alisher Qodirov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Alisher Qodirov "So‘g‘diyona" klub nomi va logotipini o‘zgartirishni taklif qildi