
Futbol bo‘yicha Belarus Oliy Ligasining 8-turida «Energetik-BGU» 14 may, shanba kuni «Minsk» bilan bahs olib bordi.
Uchrashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. E’tiborlisi, «Energetik-BGU»ning ikkinchi golini Bobur Abduxoliqov penaltidan unumli foydalangan holda urdi. Abduxoliqov uchrashuv yakunida zaxiraga olindi.
Qayd etish kerak, «Energetik-BGU» safida Abduxoliqovdan tashqari Abduqodir Husanov va Shohruxbek Abdurahmonov ham harakat qiladi. Har ikkala o‘zbekistonlik futbolchi mazkur uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Energetik-BGU»ning ochkolari soni 16 taga yetdi, jamoa musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.
«Energetik-BGU» – «Minsk» 2:0
Gollar: 1:0 — 56 Aleksandr Svirepa, 2:0 — 75 Bobur Abduxoliqov (penalti). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar