Belarus oliy ligasida “Energetik-BGU” jamoasida o‘ynayotgan Bobur Abduxoliqovning o‘yini xorijlik muxlisu mutaxassislarda juda yaxshi taassurot qoldirmoqda.
“Nasaf”da pishgan tezkor hujumchimiz o‘tgan yili qishda legioner sifatida ilk tajribasi muvaffaqiyatsiz chiqqaniga qaramay, ruhan sinib qolgani yo‘q. Xabaringiz bor, Bobur Ukraina chempionati vakili “Rux” bilan shartnoma imzolab, keyinchalik uni bekor qilgan va yurtimizga qaytgan edi.
Bobur yaqindagi intervyularidan birida “Rux” bosh murabbiyidan uni hujum markazida o‘ynatishni so‘raganidan keyin uning munosabati o‘zgarib qolganini va asosiy jamoaga jalb qilish va’dasini bajarmaganini bilib olgan edik.
Abduxoliqov ortga qadam tashlash bo‘lsa-da, Ukrainadan qaytib to‘g‘ri qilgan ekan. O‘tgan yili yozgacha jamoamiz qolgan hamyurtimiz yozda erkin agent sifatida “Energetik-BGU” jamoasiga borib, minskliklar bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi.
2021 yilgi mavsum Bobur uchun moslashish davri bo‘ldi. Hamyurtimiz 14 ta uchrashuvda maydonga tushgan bo‘lsa-da, atigi ikkita gol bilan kifoyalandi. Bu ko‘proq hujumchining jismoniy holati, yarim mavsum maydondan tashqarida qolgani va yangi jamoada mavsumoldi tayyorgarligini to‘liq o‘tamagani bilan bog‘liq.
Yangi mavsum boshlanishi bilan Bobur Abduxoliqov yaxshi maktab ko‘rganini namoyish qila boshladi. Aynan uning harakatlari evaziga o‘tgan mavsumda oliy liga musobaqa jadvalining ikkinchi qismida yurgan “Energetik-BGU” bu gal sovrinlarga da’vogarlik qilayotgan jamoaga aylandi.
Sakkizinchi turda “Enertegik-BGU” o‘zi bilan bir xil ochko jamg‘argan va sovrinli o‘rinlar uchun kurashayotgan “Minsk” jamoasini qabul qildi. Mezbonlar raqib jamoaning himoya chizig‘ini yorib o‘tish uchun bir bo‘limdan ko‘proq vaqt sarfladi.
56-daqiqada “Energetik-BGU” yetakchilaridan Svirepa uzoq masofadan to‘pni Bobur Abduxoliqov tomon tepdi. Hamyurtimiz darvoza tomon qadam tashladiyu to‘pga harakat qilmadiyu. “Minsk” darvozaboni legionerimiz harakatlariga chalg‘ida va to‘p hech kimga tegmasdan darvoza to‘ridan joy oldi.
Ustunlikni saqlab qolgan “talabalar” 75-daqiqaga kelib penalti tepish huquqiga ega bo‘ldi. Nuqtaga yaqinlashgan Abduxoliqov darvozabonga imkon qoldirmadi - 2:0.
Shu kuni maydonda harakat qilgan yarim himoyachi Shohruhbek Abdurahmonov ancha faol o‘ynadi va bir necha marotaba turli masofalardan xavfli zarbalar berdi. 18 yoshli markaziy himoyachi Abdulqodir Husanov esa raqib o‘yinchilarini “Energetik-BGU” darvozasiga xavf solishiga yo‘l qo‘ymadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Energetik-BGU”ning o‘zbek legionerilari, Bobur Abduxoliqov va Abdulqodir Husanovga kuchli jamoalardan qiziqish tug‘ila boshlagan. Klub rahbariyati yozda ulardan birini yoki ikkalasini sotib yuborishga tayyor.
Muhim g‘alabadan keyin “Energetik-BGU” ochkolari sonini 16 taga yetkazib, kuchli uchlikdagi mavqeini mustahkamlab oldi. Chempionat to‘purarlari poygasida yetakchilik qilayotgan Bobur Abduxoliqov gollari sonini 9 taga yetkazdi. Shuningdek, uning hisobda uchta golli uzatma bor va hamyurtimiz oliy liganing eng foydali o‘yinchisi bo‘lib turibdi.
To‘qqizinchi turda “Energetik-BGU” futbolchilari musobaqa autsayderlaridan “Arsenal-Dzerjinsk” mehmoni bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi