1 031
OFK va O‘FA prezidentlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qanday masalalar ko‘rildi?
O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar, joriy yil o‘tkaziladigan U-23 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayoni bilan yaqindan tanishish maqsadida Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa boshchiligidagi OFK delegatsiyasi mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Kecha poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov va OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda OFK hamda O‘FA o‘rtasidagi o‘zaro ishonchga asoslangan keng qamrovli hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov, avvalo, Shayx Salom bin Ibrohim al Xalifa rahbarligidagi Osiyo futbol konfederatsiyasining faoliyatini e’tirof etib, keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlik sezilarli darajada faollashganini ta’kidladi. Xususan, OFK prezidentining 3 yil avval qilgan tashrifi chog‘ida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvidan so‘ng mamlakatimizda futbolni rivojlantirish yo‘lida ulkan qadamlar tashlanganini qayd etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining futbolni rivojlantirishga qaratilgan Farmoni asosida futbol infratuzilmasi yanada yaxshilanib borayotganini martabali mehmon ham alohida qayd etdi. O‘FA qoshida Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazida 7 yo‘nalish bo‘yicha muntazam o‘quv jarayoni yo‘lga qo‘yilgani, milliy va ayollar terma jamoasi hamda bolalar futboliga malakali xorijlik mutaxassislar jalb qilingani, shaffoflik va halollikni ta’minlash maqsadida VAR tizimini ishga tushirilgani ta’kidlandi.
- OFK bilan hamkorligimiz yangi bosqichga chiqayotganidan mamnunmiz. Yurtimiz Osiyoning bir nechta muhim turnirlariga mezbonlik qildi. Kelajakda ham qit’a miqyosidagi har qanday musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etishda bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Shuningdek, biz nafaqat professional, balki ommaviy futbolni rivojlantirish maqsadida mamlakatimizning har bir mahallasini jalb etgan holda Respublika musobaqalarini tashkil etdik. Ishonamizki, ommaviy futbol odamlarni birlashtiradi va yangidan-yangi iqtidorli yoshlarni kashf qilishga xizmat qiladi. Bu ishlar kelajakda, albatta, o‘z mevasini berishiga ishonamiz, — dedi O‘FA prezidenti.
O‘z navbatida Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa ushbu ishlarni yuqori baholab, futbolning eng quyi qismiga e’tibor berish — kelajak poydevorini mustahkamlash deya e’tirof etdi.
- O‘zbekistonni mintaqada salohiyati va imkoniyatlari yuqori bo‘lgan ishonchli hamkor sifatida bilamiz. Ayniqsa, sizning boshchiligingizda pandemiya bilan bog‘liq og‘ir vaziyatlarda ham futbol to‘xtab qolmagani, o‘sishda davom etganidan mamnunmiz. Yurtingiz Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi, ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi saralashi va U-23 Osiyo kubogi saralashiga mezbonlik qilib, o‘zining keng imkoniyat va salohiyatini namoyon eta oldi. Qolaversa, iyun oyida U-23 Osiyo kubogi final o‘yinlarining O‘zbekistonda o‘tkazilishi mamlakatingizga keyingi yirik turnirlarga mezbonlik qilish uchun tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. Davlat rahbarining qo‘llab-quvvatlashi natijasida yurtingizda futbol o‘sib borayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz, — dedi OFK rahbari.
Uchrashuv davomida OFK ijroiya qo‘mitasi tarkibiga o‘zbekistonlik mutaxassislar nomzodini ilgari surish, shuningdek, kelajakda Osiyo futbol konfederatsiyasining kongresslarini O‘zbekistonda o‘tkazish taklifi ilgari surildi. OFK Prezidenti Toshkent viloyatida qad rostlayotgan “Do‘stlik” majmuasining loyihasiga yuqori baho berib, uning Osiyodagi eng yaxshi futbol bazalaridan biriga aylanishiga ishonch bildirdi.
Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tdi va tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni keng qamrovda davom ettirishga kelishib olishdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi