22:58 / 17.05.2022
1 164

Ilhom Mo‘minjonov: "Neftchi"da katta o‘zgarishlar yaqin, 2-3 kun ichida Yevropadan mutaxassislar jamoaga qo‘shiladi"

Ilhom Mo‘minjonov: "Neftchi"da katta o‘zgarishlar yaqin, 2-3 kun ichida Yevropadan mutaxassislar jamoaga qo‘shiladi"
Superliganing 9-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Neftchi" (0:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

O‘yin haqida
- Bugungi natija bilan jamoamiz a’zolarini, farg‘onalik futbol muxlislarini tabriklayman. Vodiy derbisida ochko olishga erishdik, natijadan xursandmiz. Qiyin o‘yin bo‘lishini bilardik, "Navbahor" hozirgi kunda yaxshi shakllangan jamoa. Bu yerda yuqori darajadagi murabbiylar va futbolchilar bor.

Afsus, bizda yana jarohat va qizil kartochka bo‘ldi. Hozirda yo‘qotishlarimiz ko‘p, bor futbolchilar bilan navbatdagi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘ramiz.

- "Neftchi"ga nimadir yetishmayotgandek ko‘rinmoqda. Jamoadan Anvar Soliyev va Andreyevlar ketishdi. Bu ichki muhit muammosi bilan bog‘liqmi?
- To‘g‘ri, bizda hujum chizig‘ida muammolar bor. Bugungi o‘yinga juda boshqacha tayyorgarlik ko‘rgandik. "Navbahor" ishtirokidagi o‘yinlarni o‘rganib chiqdik. Jamoa pozitsion hujumdan shu vaqtgacha bitta gol kiritgan, qolgan gollar esa standart vaziyatlar natijasida urilgan edi. Biz tayyorgarlik doirasida ko‘proq standart vaziyatlar bo‘yicha ishladik.

Murabbiylar shtabida o‘zgarishlar borligi rost. Yangilik sifatida aytishim mumkin, murabbiylar shtabini almashtirayapmiz. Shu ikki-uch kun ichida Yevropadan yordamchi murabbiylar kelib jamoamizga qo‘shilishadi. Rahbariyat kecha muzokalarni yakunladi. Ular menga yaqindan yordam berishadi. Yordamchi murabbiylar o‘rnini Yevropadan taklif etiladigan mutaxassislar bilan to‘ldiramiz. Rahbariyatning ishonchidan xursandman. Ikkinchi davradan tarkibimiz ham kuchayadi. Legionerlardan voz kechamiz, ayni vaqtda bir qator kuchli futbolchilar bilan muzokaralar olib borayapmiz. Sharich va Stoykovichlarga shu kunlarda javob beramiz.

- "Navbahor"ning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Aytib o‘tdim, "Navbahor" hozirgi kunda juda kuchli jamoa. Mutaxassislar va futbolchilar juda kuchli. Bir vaqtlar menga yordam bergan mutaxassis hozir "Navbahor"ga yordam bermoqda. Jamoa yuqori o‘rinlarni egallaydi deb o‘ylayman.

- Jamoangizning bugungi natijasidan qoniqdizmi?
- "Navbahor"ning ayni damdagi mavqe’idan kelib chiqsak qoniqarli natija. Ular standart vaziyatlardan kuchli ekanini bilardik. Ularga o‘yin davomida 2 ta imkoniyat bo‘ldi.

- Akbar To‘rayev o‘yin boshidanoq o‘yin cho‘zishga intildi. Buni qanday izohlaysiz?
- O‘yinni cho‘zish ham bu bir mahorat. Darvozabon to‘p o‘tkazib yubormadimi, demak bizda 1 ochko naqd bo‘ladi. Futbolchilar maydonda o‘yin emotsiyasidan kelib chiqib harakat qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ilhom Mo‘minjonov: "Neftchi"da katta o‘zgarishlar yaqin, 2-3 kun ichida Yevropadan mutaxassislar jamoaga qo‘shiladi"