Superliganing 9-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Dinamo" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Predrag Rogan fikrlarini bildirdi.
O‘yin haqida
- "Metallurg"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Biz uchun qiyin o‘yin bo‘ldi. Bu mavsumdagi uchinchi qizil kartochkani oldik. "Bunyodkor" bilan o‘yinda ham bugungidek holat takrorlangandi. 90 minut 1:0 hisobida oldinda borayotib yakunda mag‘lub bo‘lish alamli. Ishlashda davom etamiz. Bu endilikda tarix. Futbol kurashlarga boy o‘yin. Shu bois maydonda o‘ylab o‘ynash kerak.
- Qizil kartochka bilan bog‘liq vaziyat haqida...
- Nima uchun birinchi sariq kartochkani berdi? Bilmadim. "Dinamo" bir oila. Oldinga intilishda davom etishimiz kerak. Hakamlarni muhokama qilish mening vazifam emas. Mashg‘ulotlarda hammasini qilyapmiz. Bunday mag‘lubiyatni qabul qilish og‘ir.
- "Dinamo" vaqt cho‘zdi. "Metallurg" "Qizilqum"ga qarshi o‘yinda yutib turgan joyida vaqt cho‘zib qo‘shimcha daqiqalarda gol o‘tkazib yuborgandi. Bunday yutib turganda vaqt cho‘zish chiroyli futbolni yo‘qqa chiqarmaydimi?
- "Navbahor"ga qarshi o‘yinda ko‘p kuch yo‘qotdik. Tarkibdagi aksariyat futbolchilar endi o‘ynayapti. Bosim katta. Energiya ko‘p sarflanadi. Buni tushunaman. Menga alam qilayotgani shuki, muxlislar shuncha joydan kelib qo‘llab-quvvatlashdi. Afsuski, ularga kerakli natijani sovg‘a qila olmadik. Buning uchun uzr so‘rayman. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi