
Yevropa ligasi finalidan o‘rin olgan "Ayntraxt" - "Reynjers bahsi yakunlandi. Ushbu bahsning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi.
Dastlab, Aribo himoyachilarning xatosidan so‘ng 57-daqiqada hisobni ochdi. Biroz o‘tib, Borre Kostichning ajoyib uzatmasidan so‘ng muvozanatni tikladi.
Ekstra taymlarda 1:1 hisobi o‘zgarmadi va g‘olib nomi penaltilar seriyasida hal bo‘ldi. Unda frankfurtliklar 5:4 hisobida raqibdan ustun keldi va Yevropa ligasi 2021/2022 yilgi mavsumi g‘olibiga aylandi.
Ayntraxt F (Germaniya) – Reynjers (Shotlandiya) 1:1 (pen. seriyasi 5:4)
Gollar: 1:1 – 57 Aribo, 1:1 – 69 Borre.
Ayntraxt F – Trapp, Ture, Ndika (Lens, 101), Tuta (Xasebe, 58), Knauff, Kostich, Rode (Yakich, 90), Sou (Xrustich, 105), Kamada, Lindstrem (Xeuge, 71), Borre.
Reynjers – Makgregor, Taverne, Goldson, Bassi, Barishich (Ruf, 117), Djek (Devis, 74), Landstrem, Kamara (Arfild, 90), Rayt (Sakala, 74; Remzi, 117), Aribo (Sends, 101), Kent. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar