
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Rim jamoasidagi kelajagi haqida tushgan savolga javob berdi.
"Muhimi, hozirgi kun bilan yashash. Men "Roma"da qolmoqchiman. Menga bu yerda bo‘lish yoqadi. Uch yillik shartnoma imzolaganman, keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz. "Roma"ni Fergyuson kabi boshqara olamanmi? Ser Aleks "Manchester Yunayted"da 20 yildan oshiq faoliyat yuritdi. Shunday ekan, 79 yoshimgacha "Roma"da qolishimga to‘g‘ri kelarkan. Balki 70 yoshga to‘lgunimcha shu yerda qolarman", – deya fikr bildirdi Mourinyu.
"Roma" va "Feyenoord" o‘rtasidagi Konferensiyalar Ligasi finali 25 may kuni Tiran (Albaniya)da bo‘lib o‘tadi.
"Roma" ayni dam Italiya chempionati turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar