
Bugun, 20 may kuni «Dinamo» PFK qarorgohida klub rahbariyati hamda jamoa ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Unda jamoaning so‘nggi turlarda qayd etgan qoniqarsiz natijalari atroflicha muhokama qilinib, klub bosh murabbiyi Predrag Rogan bilan do‘stona xayrlashilgani ma’lum qilindi. Serbiyalik mutaxassis bilan birga uning yordamchisi Ivan Yevich bilan ham hamkorlik to‘xtatildi. «Dinamo» PFK hamda murabbiylar o‘rtasidagi shartnoma ikki tomonlama bekor qilindi.
Klub rahbariyati qaroriga ko‘ra, «Dinamo» jamoasi bosh murabbiyi etib shu paytga qadar klub sport direktori lavozimida faoliyat yuritgan Andrey Shipilov tayinlandi. Andrey Sergeyevich «Paxtakor» murabbiylar shtabi va «Metallurg» klubi bosh murabbiyi sifatidagi faoliyati bilan muxlislarga tanilgan.

Ma’lumot uchun, «Dinamo» Superliga 10-turi doirasida 23 may kuni o‘z maydonida AGMK jamoasini qabul qiladi.
Dinamo PFKAndrey ShipilovMurabbiylar ShtabiSuperliga 10-turiQoniqarsiz NatijalarKlublar O‘rtasida O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar