Belarus chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan Bobur Abduxoliqov oliy liga sakkizinchi tur yakunlariga ko‘ra, musobaqa tashkilotchilari tomonidan “Fair Play” sovrini bilan taqdirlandi.
Maxsus sovrin uchun o‘zbek legioneri yana ikki nafar futbolchi – “Shaxtyor” vakili Viktor Sotnikov va “Dinamo-Minks” futbolchisi Vladislav Lojkin bilan raqobatlashdi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Sotnikov va Lojkin sakkizinchi turning markaziy uchrashuvi hisoblangan “Shaxtyor” va “Dinamo-Minsk” jamoalarining o‘zaro to‘qnashuvidan keyin yuz bergan janjalga qo‘shilmadi va shu bois “halol o‘yin” sovriniga da’vogarlar qatoriga kiritildi.
“Energetik-BGU” hujumchisi Bobur Abduxoliqov “Minsk” jamoasiga qarshi bahsda raqib himoyachilari o‘z jarima maydonchasida uning futbolkasidan tortib, to‘xtatishga uringaniga qaramay, yiqilib, hakamdan penalti so‘rashni o‘ziga ep ko‘rmadi va bu vaziyatda oxirgacha kurashdi. Mutasaddilar legionerimiz o‘zini mardonavor tutgani uchun uning nomini sovrin da’vogarlari ro‘yxatiga qo‘shdi.
Mazkur bellashuvda “talabalar” raqibni 2:0 hisobida mag‘lub etdi va gollardan biri o‘zbekistonlik hujumchi hisobga yozildi. G‘alabadan so‘ng “Energetik-BGU” yana ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ular peshqadam BATEni ta’qib qilishda davom etmoqda.
Ta’kidlash joizki, “Fair Play” nominatsiyasi g‘oliblari Belarus futbolini yoritish bo‘yicha yetakchi nashr “Pressbol” gazetasi rasmiy saytida muxlislar ovoz beradigan so‘rovnoma natijalari, shuningdek, sobiq futbolchilar Sergey Gurenko, Vitaliy Kutuzov, Aleksandr Xatskevich, jurnalistlar Vladislav Tatur va Nikolay Ivanovdan tarkib topgan maxsus komissiya ovoziga ko‘ra aniqlanadi.
Rasmiy saytda ovoz berish 19 mayda kun oxirigacha davomi etdi. Ovoz berish jarayoni natijalariga ko‘ra, so‘rovnomada Bobur Abduxoliqov g‘olib bo‘ldi. So‘rovnomada qatnashgan muxlislarning 73,7 foizi halol o‘yinchi sifatida o‘zbekistonlik hujumchini tan olgan.
Keyingi o‘rinni egallagan Vladislav Lojkin 15,3 va Viktor Sotnikov esa 11 foiz ovoz to‘pladi.
Eslatib o‘tamiz, Bobur Abduxoliqov Belarus chempionati oliy ligasining birinchi turi yakuni bo‘yicha ham “Fair Play” sovrini sohibi bo‘lgan edi.
“Nasaf” tarbiyalanuvchisi hisoblangan 25 yoshli hujumchimizning Belarus chempionatidagi ikkinchi mavsumi juda sermahsul o‘tmoqda. Bobur sakkizta uchrashuvda ishtirok etib, to‘qqizta gol va uchta golli pas muallifi bo‘ldi.
Ayni paytda Abduxoliqov to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilyapti. U o‘tgan yili eng ko‘p to‘p kiritgan “Shaxtyor” hujumchisi Dembo Darboni to‘rtta golga ortda qoldirmoqda.
Bundan tashqari, gol-pas tizimida eng ko‘p 11 ball jamg‘argan hamyurtimiz chempionatning eng foydali o‘yinchisi hisoblanadi. Boburning gollari “talabalar”ga “Vitebsk”, “Torpedo-BelAZ”, “Dinamo-Brest”, “Nyoman” va “Minsk” jamoalari ustidan g‘alaba keltirdi.
Belarus chempionatining 9-turida “Energetik-BGU” safarda “Arsenal-Dzerjinsk” jamoasi bilan bellashadi. Uchrashuv 20 may kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar