Davr taqozosi va ichki imkoniyatlarni ishga solish maqsadida "Neftchi" futbol klubi rahbariyati murabbiylar shtabini legioner mutaxassislar bilan mustahkamlashga qaror qildi.
Xorvatiyalik Zoran Vulich va Mladen Praliya bundan buyon bosh murabbiy Ilhom Mo‘minjonovga assist-murabbiy va jismoniy tarbiya bo‘yicha murabbiy sifatida yordam beradilar. Farg‘ona futbolchilariga mahorat va malaka oshirishda amaliy yordam ko‘rsatadilar. Ular nafaqat Xorvatiya, balki, Yevropa, Osiyo va Amerika futbol klublarida faoliyat yuritib, katta tajriba va mahorat egasi sifatida muxlislar va mutaxassislar e’tiborini qozonishgan.
Zoran Vulich futbolchilik faoliyatini Xorvatiyaning "Xayduk" klubida boshlagan.So‘ngra Ispaniyaning "Malorka" va Fransiyaning "Nant" klublarida mahoratini namoyish etgan. 1998 yildan jonajon klubi "Xayduk"ka bosh murabbiy etib tayinlangan. Keyinchalik Rossiyaning" Luch-Energiya", Xorvatiyaning "Split", Moldovaning" Sherif", Qozog‘istonning "Atirau", Gretsiyaning" Appolon Smirnis" jamoalarida faoliyat yuritgan mutaxassis o‘z mamlakatining 19 yoshlilar terma jamoasiga rahbarlik qilgan.
Mladen Praliya ham futbol olamining tajribali mutaxassisi sifatida keng jamoatchilikning e’tibori va izzat-hurmatini qozonib kelmoqda. Xorvatiyaning "Xayduk", Germaniyaning "Gamburg" klubida malaka va mahoratini oshirib, murabbiylik faoliyatini Singapurning "Singapur Armed Forses" jamoasida davom ettirgan. Kasbdoshi Zoran Vulich bilan Vladivostokning "Luch-Energiya" klubi rivojiga munosib hissa qo‘shgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar