“Roma” to‘purari Temmi Abraxam yakunlanayotgan mavsumda 51 ta uchrashuvda 26 ta to‘p kiritdi. Uning sermahsul o‘yini Angliya premer-ligasi grandlarining e’tiborini tortmoqda. 24 yoshli forvardga o‘z yurtining bir necha klublaridan chorlov bo‘lyapti.
Angliyalik hujumchi o‘zining premer-ligaga qaytishi haqidagi savollarga javob qaytardi.
- “Torino”ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etishni istagandim, asosiysi, biz g‘alaba qozondik. Bu og‘ir va uzoq davom etgan mavsum bo‘ldi. Jamoadoshlarimga minnatdorlik bildiraman, biz yaxshi ishladik.
Oldimizda Konferensiyalar ligasining finali turibdi. Hammamizda hayojon bor.
Men avval aytganimdek, klubimni ilk kundanoq yaxshi ko‘rib qolganman va har doim o‘z gollarim bilan unga yordam berishni istayman. Bu men uchun yaxshi mavsum bo‘ldi va yutuqlarimni davom ettirmoqchiman. Yilni sovrin bilan yakunlay olsak, haqiqatan muvaffaqiyatli mavsum bo‘ladi.
Angliya premer-ligasiga qaytishim haqida ko‘p so‘rashadi. Men “Roma”ni yaxshi ko‘raman. Kelajakda nima bo‘lishini bilmayman, lekin hozir qalbim faqat Rimga tegishli, - dedi Temmi Abraxam. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar