
Foto: «Sharja»
Futbol bo‘yicha BAA Pro-Ligasining 25-turidan o‘rin olgan o‘yinda «Sharja» 21 may, shanba kuni «Emireyts» bilan bahs yuritdi.
«Sharja» maydonida o‘tgan bahs 2:1 hisobi bilan yakunlandi, unda mezbonlar g‘alabani qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi,«Sharja»ning g‘alaba goliga Otabek Shukurov mualliflik qildi. O‘zbekistonlik yarim himoyachi hisob 1:1 bo‘lib turgan vaqtda uzoq masofadan kuchli zarba yo‘llab, darvozasini ishg‘ol etdi.
Qayd etish kerak, uchrashuvda Otabek Shukurov sardor sifatida harakat qildi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi.
Shukurov 23-tur doirasidagi uchrashuvda dubl qayd etib, jamoasiga g‘alaba keltirgandi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Sharja»ning ochkolari soni 54 taga yetdi, jamoa musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Peshqadam «Al-Ayn» hisobida 61 ochko mavjud.
BAA Pro-Ligasi
«Sharja» — «Emireyts» 2:1
Gollar: 0:1 — Neves, 1:1 — 41 Kayo, 2:1 — 44 Shukurov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar