
“Qizilqum” klubi nihoyat muvaffaqiyatsiz o‘yinlariga chek qo‘ydi. 10-turda Navoiyda “Surxon”ni qabul qilgan “Qizilqum” 2:0 hisobida g‘alaba qozonib muxlislariga uzoq kutilgan g‘alabani taqdim etdi.
Mezbonlar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich ushbu g‘alaba haqida shunday dedi:
“Biz o‘zi shunaqa o‘yinni kutgandik va bunga tayyorgarlik ko‘rgandik. Raqib shunday o‘yin ko‘rsatishini bilgandik. Shunchaki, raqiblar jamoamizga qarshi qanday o‘ynashini biz ham bilamiz. Ammo oldingi uchrashuvlarda muvaffaqiyatga erisha olmadik. Bugun esa biz uchun ijobiy bo‘ldi. O‘yindan oldin raqibdan ko‘ra ko‘proq harakat qilishimizni va Navoiyda kim mezbon ekanligini ko‘rsatib qo‘yishimiz kerakligini bilardik. Yigitlar buni tushunib, shu fikr bilan o‘yinga kirishishdi.
Yana shuni ham qo‘shimcha qilmoqchimanki, “Surxon” yomon jamoa emas. Ularning intilishi va natijasi yanada yuqoriga munosib. Bugun g‘alabasiz 4 ta o‘yin va ayniqsa, oxirgi 2 ta yirik mag‘lubiyatdan keyin xarakter ko‘rsata oldik va umid qilamanki, inqiroz allaqachon ortda qoldi. Biz oldinga qarab yurishda davom etamiz. Bugun to‘p surish imkoniyatiga ega bo‘lgan futbolchilardan minantdorman. Ular yaxshi o‘yin namoyish etishdi”. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing