Jizzaxda o‘tgan “So‘g‘diyona” – “Qo‘qon-1912” (3:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov yirik hisobdagi mag‘lubiyat sabablari haqida gapirdi.
- “So‘g‘diyona”ning kuchini qaysi jihatlarda ekanini bilardik. Futbolchilarimizga ham ta’kidlagandik, ularning birinchi kuchi standart vaziyatlar, ikkinchisi tajovuzkor futbol ko‘rsatishadi, yakka kurashlardagi ko‘p vaziyatlarda g‘olib chiqishadi va oxirigacha kurashadi.
Afsuski, biz aytgan jihatlarda yutqazdik. Shoxruz Norxonov standart vaziyatlarda juda xavfli ekanini aytgandik. Biroq burchak zarbasidan keyin uni “yo‘qotib” qo‘ydik va gol o‘tkazdik. Bu gol o‘yinda tub burilish yasadi. Ikkinchi golda biz markazda yakka kurashda yutqazdik va raqib gol urdi.
Shundan keyin tavakkal qilishga majbur bo‘ldik va uchta hujumchi bilan o‘ynadik. “So‘g‘diyona” uchun bo‘shliqlar paydo bo‘ldi. Natijada ular bundan foydalandi. Birinchi bo‘lim bilan ikkinchi bo‘lim o‘rtasida katta farq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limni juda bo‘sh o‘tkazdik. “So‘g‘diyona” jamoasi esa ikkinchi bo‘limda har tomonlama kuchliligini ko‘rsatdi.
Mezbonlarni tabriklaymiz. Shuncha yo‘l bosib jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun muxlislarimiz yetib kelishgandi. Hamma narsani tushunishim mumkin, aytaylik, futbolda yutqazish yoki raqib jamoa omadliroq chiqishi va imkoniyatlardan foydalanishi mumkin. Lekin futbolchilar jonini berib o‘ynamagani, yakka kurashlarda sog‘ligini o‘ylab kurashmaganlarni tushunmayman. Mana shunday kurashmaydigan o‘yinchilar keyingi o‘yinlardan zaxirada qoladi. Hozir qaysidir futbolchilarni ayblamoqchi emasman. Ammo biz yakka kurashlarda yutqazdik. Tarkibimizda tanlash imkoniyati ko‘p emasdi, bor imkoniyatlardan foydalanishga harakat qildik. Biroq 3:0 hisobidagi mag‘lubiyat juda og‘riqli. Ayb biz murabbiylar shtabida, aybni o‘z bo‘ynimizga olamiz. Uch kundan keyin yana o‘yin va tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda