1 002
Timur Kapadze: "Milliy terma jamoa manfaati hamma narsadan ustun, lekin bizning imkoniyatlarni ham inobatga olish kerak"
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Tojikistonga qarshi nazorat uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
O‘yin haqida
- Nazorat bahsi ikkala jamoa uchun ham foydali bo‘ldi deb o‘ylayman. Ikkala tarkibni maydonga tushirdik hamda yigitlarning hozirgi darajasini sinovdan o‘tkazdik. O‘rtoqlik uchrashuvi bilan rasmiy o‘yinning farqi bor, lekin kamchiliklarni ko‘zdan kechirish uchun ushbu bahs zarur edi. Umuman olganda, o‘yin yaxshi ruhda o‘tdi. Biz g‘alaba qozondik, ehtimol, bundan-da yaxshiroq natijaga erishishimiz mumkin edi.
- Sizda nazorat o‘yinlari bo‘yicha bir prinsip mavjud: ikkala taymda ikki xil tarkib maydonga tushirasiz. Yaqinlashib kelayotgan musobaqa oldidan ham shu ishni takrorladingiz. Bu rasmiy o‘yinlarda asosiy tarkib tanlashda muammo yuzaga keltirmaydimi?
- Yo‘q, ularning ko‘pchiligi turli jamoalardan tashrif buyurgan. Ularning o‘yinini ko‘rishim kerak. Mashg‘ulotda ular kuchini maksimal sarflamasligi mumkin. Ularning fikrlashi, harakatlarini faqatgina o‘yin ko‘rsatib beradi. Shu bois, ularni o‘ynatmasdan turib, holatini bilib bo‘lmaydi. Agar ikki o‘yin o‘tkazilib, ikkala tarkib ham 90 daqiqadan harakat qilganda, soz bo‘lardi. Ammo bunga imkon bo‘lmadi. Bir futbolchiga 45 daqiqa kamlik qiladi, lekin kerakli kamchiliklarni belgilab oldik.
- Bu rasmiy o‘yinlar oldidan so‘nggi nazorat bahsi edi. Saralash bahslari oldidan shogirdlaringizning jismoniy holatidan ko‘nglingiz to‘qmi?
- Bilasiz, hozir chempionat bahslari davom etmoqda. Kimdadir o‘yin amaliyoti yetarli, kimdadir kamroq. Biz jismoniy tarafdan ham tayyorgarlik olib bordik. Bugungi o‘yindan so‘ng ikki kun tiklanish jarayoni bo‘ladi. Shundan so‘ng, dastlabki o‘yinimizga to‘rt kun qoladi. Hali 23 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkibni aniqlash lozim. Sababi, har bir o‘yinchi o‘zini yaxshi ko‘rsatmoqda hamda yakuniy tarkibga kirishni istamoqda. Bu bir tarafdan xursand qiladi, ammo ro‘yxat cheklangan. Norchayev, Yo‘ldoshev kabi ko‘p o‘yinchilar hali kelmagan. Ibrohimxalilda kichik jarohat bor, oxirgi o‘yinda maydonga tushmadi. Uning holatini ko‘zdan kechiramiz.
- O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi Srechko Katanes shogirdlaringiz Xojimat Erkinov, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev va Husayn Norchayevni MTJga yig‘iniga chaqirishni so‘ragan. Eshitishimizga qaraganda, siz ularni guruh bosqichidan keyin qo‘yib yuborishni aytgansiz.
- Ha, ular soni besh nafar edi, lekin uchtasini aniq chaqirmoqchi bo‘ldi. O‘FA bilan bu masalada suhbatlashdik, MTJ uchun ular zaxira varianti bo‘lsa, biz uchun asosiy tarkib futbolchilari sanaladi hamda ularning jamoada bo‘lishi qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi. Buni tushuntirishga harakat qildik, ular o‘ylab ko‘rishini aytishdi. Biz yakuniy ro‘yxatni aniqlagach, keyinroq ularni jalb qilolmaymiz. MTJ manfaati hamma narsadan ustun, lekin bizning imkoniyatlarni ham inobatga olish kerak. Biz Osiyo miqyosidagi katta turnirda ishtirok etamiz, MTJ raqiblarini esa unchalik kuchli deb o‘ylamayman. MTJga nomzodlar yetarlicha. Futbolchilar shu yerda qolishsa, xursand bo‘lardim, lekin rad etsa, buni o‘ylab ko‘rish kerak. Katanes ham bu holatni to‘g‘ri tushunadi, deb o‘ylayman. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda