
Yurgen Klopp “Liverpul” yangi mavsumda ham YECHL finaliga chiqishiga ishonmoqda.
“Yana (Chempionlar ligasi finalida) o‘ynashimizni juda qattiq sezmoqdaman. Chindan ham yigitlar raqobatga chidamli, ular qoyilmaqom jamoa va kelasi mavsum ham aynan shunday bo‘ladi.
Keyingi mavsum (YECHL finali) qayerda bo‘ladi? Istanbuldami? Mehmonxonadan joy band qilib qo‘ying”, degan Klopp “Real”ga imkoniyat boy berilganidan keyin.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi 2022/23 yilgi mavsum hal qiluvchi uchrashuvi Istanbuldagi “Otaturk Olimpiya” stadionida bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar