Bugun Osiyo Kubogi saralash uchrashuvlari uchun taklif etilgan O‘zbekiston milliy terma jamoasining kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi.
Ro‘yxat hammada har xil tasavvur uyg‘otgan bo‘lishi tabiiy. Chunki hammamizning miyamizda "o‘z terma jamoamiz bor". Milliy terma jamoaga e’tibor qancha yuqori bo‘lsa, shuncha yaxshi. Braziliya terma jamoasini boshqargan murabbiylardan biri o‘z vaqtida shunday degandi: "Braziliyada hamma murabbiy va har bir muxlisning o‘z 23talik tarkibi bor".
Bu nafaqat Braziliyada, balki Angliya, Ispaniya, Rossiya, jumladan bizda ham shunday. Qachon terma jamoa tarkibi e’lon qilinsa, qaysidir futbolchilar borasida norozilik kayfiyati uyg‘onadi. "Falonchi o‘rniga falonchini chaqirsa bo‘lardi, falonchi loyiqmas, pistonchi loyiq" kabi gaplar doim aytib kelingan va bundan keyin ham bu mavzu davom etaveradi.
Lekin bir narsani unutmaylik, terma jamoa bosh murabbiyi - Srechko Katanes va bu uning tanlovi. Tarkibni o‘zi yig‘yapti va natijaga ham o‘zi javob beradi. Bu o‘rinda bizdan talab qilinadigani faqat - bosh jamoani qo‘llab-quvvatlash. Axir oldinda Osiyo chempionatiga saralash bellashuvlari kutyapti.
Masalan, men uchun Katanes kim(lar)ni chaqirishining umuman farqi yo‘q. Muhimi, birlamchi vazifa bajarilsa bo‘lgani. Birlamchi vazifa esa Osiyo Kubogiga yo‘l olish.
Ha, to‘g‘ri, balki o‘z pozitsiyasi bo‘yicha kuchli futbolchilar tarkibdan chetda qolgandir, ammo bu tanlov Katanetsniki va natijaga u javob beradi.
X.Xoliqov.
P.S. Roberto Badjo degan kuchli futbolchini ko‘pchilik eshitgan. U uchta jahon chempionatida qatnashgan: 1990, 1994, 1998. Lekin ishonasizmi, shu futbolchi birortayam Yevropa chempionatiga bormagan. Har safar turli sabablarga ko‘ra, ro‘yxatdan tushib qolavergan. Yevropa chempionatlarida Italiyani boshqargan murabbiylarning qarori shunday bo‘lgan. Lekin bu aslo Robetro Badjoning iqtidoriga shubha keltirmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi