"So‘g‘diyona" hujumchisi Shohruz Norxonov 6ta gol bilan Superliga to‘purari bo‘lib turibdi. Jizzax klubi forvardi bilan kichik suhbat uyushtirdik.
— Superliganing joriy mavsumi qanday taassurot qoldirmoqda?
— Chempionatimizning bu yilgi mavsumi har doimgidan qiziqroq o‘tyapti. Buni har turdan keyin musobaqa jadvalida yetakchilarning o‘zgarayotganidan ham anglash mumkin. Menimcha, bu yil chempionlik kurashi oxirgi turga qadar 5-6 jamoa o‘rtasida davom etadi. Biz ham bor kuchimiz bilan chempionlik uchun harakat qilyapmiz.
— Yil avvalida "Navbahor" va xorij klublaridan takliflar bo‘lgani haqida aytgandingiz. Ayni paytda "Paxtakor" ham yaxshi hujumchi topa olmagani ko‘rinib qoldi. Qaysidir davrda ulardan ham taklif bo‘lganmidi sizga?
— Albatta. 2021 yilgi mavsumning birinchi davrasi tugaganidan keyin "Paxtakor"ga chaqirishgandi. Lekin o‘shanda "So‘g‘diyona"ga xalqaro maydon yo‘llanmasini taqdim qilishimiz kerak edi. Shu uchun ham Jizzaxda qolishga qaror qilgandim.
— Qishda chet eldan 3-4 ta variantlarni ko‘rib chiqqaningiz haqida bilamiz. Sir bo‘lmasa, qaysi davlatlardan chiqishdi? Arab o‘lkalaridan ham taklif bormidi?
— Arab klublaridan ham qiziqish bo‘ldi. Ular bilan shartnoma borasida kelisha olmadik. Sharqiy Osiyodan tushgan aniq takliflarni esa rad qildim.
— Biroq, sharqda bizga nisbatan ancha yaxshi to‘lashadi...
— Albatta. Tailand, Malayziya, hatto Indoneziyadan ham moliyaviy jihatdan yaxshiroq shartnomalar taklif qilindi. Ammo Jizzaxda qolishga qaror qildim. Pul ishlashgayam ulgursak kerak hali.
— Shohruz, ko‘pchilik O‘zbekistonda gol urish boshqa chempionatlarga nisbatan qiyinroq ekanini aytadi. Bu fikrga qo‘shilasizmi?
— Superliga hech qanaqasiga kuchsiz chempionat emas. Osiyoning uncha-muncha ligalaridan oldindamiz. Barcha jamoalar natija qilishga urinadi. Shuning uchun asosan himoyaviy futbol guvohiga aylanamiz. Bu o‘z-o‘zidan forvardlarning ishini qiyinlashtiradi.
— O‘tgan yili OFK kubogida Norchayev to‘purar bo‘lgandi. Turnirda bu yil siz ishtirok etasiz. Yil oxirida "Oltin butsa"ni yana o‘zbek futbolchisi olishini kutaveraylikmi?
— Birinchi navbatda turnirni yutish uchun harakat qilamiz. Nasib bo‘lsa, albatta, shaxsiy sovrinlarni ham o‘zimizniki qilishga urinamiz.
— Endi eng muhim savol. Nechta gol ursam, terma jamoaga taklif qilishadi deb o‘ylaysiz?
— Menimcha, buning gollarga aloqasi bo‘lmasa kerak. (kuladi) Murabbiylar shtabi ayni paytda eng kuchli deb hisoblagan, taktikaga tushadigan o‘yinchilarini saralab jalb qiladi.
— Ba’zilar Shohruz yuqoridan kimnidir xafa qilib qo‘ygan deb o‘ylaydi. O‘zingizning munosabatingiz qanday bunday fikrlarga?
— Yo‘q, hech kim bilan janjallashmaganman. Hamma bilan aloqalarim yaxshi. Bunaqa fikrlar noto‘g‘ri.
— Oxirgi savol. O‘zbekistondan eng yaxshi darvozabon va tajribali himoyachini ayting. Kimga qarshi o‘ynash sizga noqulayroq?
— Darvozabonlardan O‘tkir Yusupov, Abduvohid Ne’matov hamda Sanjar Quvvatovni ko‘rsatgan bo‘lardim. Chempionatmizning eng kuchli himoyachilari esa "Nasaf"dagi Aliqulov hamda AGMK yetakchisi Anzur Ismoilov bo‘lsa kerak.
Muallif: Faxriddin Ro'ziyev
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi