Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan U-23 Osiyo kubogining birinchi turidan o‘rin olgan Iordaniya va Iroq termalari o‘rtasidagi uchrashuv oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Matbuot anjumanida Iroq U-23 termasi bosh murabbiyi Miroslav Soukup va sardor o‘yinchi Vakaa Ramazon qatnashishdi.
- Musobaqa, Iroq U-23 termasining tayyorgarligi haqida...
- Birinchi navbatda, ushbu musobaqada o‘ynayotganimidan baxtlimiz. O‘zbekiston ajoyib mamlakat. Guruhimiz juda kuchli. Iroq, Avstraliya va Quvayt kabi juda kuchli jamoalarga qarshi o‘ynaymiz. Umuman olganda ushbu musobaqaga yo‘l olgan barcha jamoalar juda kuchli. Sababi, saralash bosqichi ham juda qiyin kechgandi. Biz musobaqaning favoriti emasmiz. Ammo yaxshi natija qayd etishga ishonamiz. Bor kuchimizni ishga solamiz.
- Jamoa sardoriga savol. Iroq azaldan kuchli o‘yin ko‘rsatib keladi. Siz ushbu musobaqadan nimalar kutyapsiz.
- Biz bu musobaqaga yo‘l olishni juda xohlagandik. Endi esa biz yaxshi natija ko‘rsatish haqida o‘ylamoqdamiz.
- Janob murabbiy, futbolchilar va sizga bo‘lagan bosimlarga qanday munosabat bildirasiz?
- Bilasizmi, barchada bosim bor. O‘yinchilarim ham bunga ko‘nikishgan. Faqatgina O‘zbekiston termasida o‘z muxlislari qarshisida o‘ynayotgani bois bosim kam bo‘lishi mumkin. Ammo boshqa jamoalarda bosim bo‘ladi. Albatta, men bu jamoada ishlashni bir yil avval boshladim. Orada ko‘p musobaqalar, ko‘p yig‘inlar o‘tkazdik. Shunday yig‘inlarning so‘nggisida Eronga qarshi Bog‘dod shahrida o‘yinlar o‘tkazdik. Jamoa bilan asta-sekinlik bilan ishlab bormoqdamiz. Iroqlik juda ko‘p o‘yinchilardan eng yaxshilarini yig‘dik. O‘ylaymanki, hozirda jamoamizda eng kuchli futbolchilar jamlangan. Bizda Yevropada o‘ynaydigan bir necha o‘yinchilar ham bor.
- Ertaga Iordaniya terma jamoasidan qanday o‘yin kutyapsiz?
- Biz Iordaniya termasi haqida ko‘p narsani bilamiz. Ular ham bizni juda yaxshi o‘rganishgani aniq. Ular saralashdan osonlik bilan o‘tishdi. Biz Iordaniya termasining juda ko‘p o‘yinlarini kuzatdik. Ular juda sifatli futbol ko‘rsatishdi. Biroq Osiyo kubogi qisqa muddatli musobaqa. Shu sababli, pozitiv kayfiyatni saqlab qolish kerak. Birinchi o‘yin esa juda muhim.
- Vakaa Ramazonga savol. Osiyo kubogida eng kuchli jamoalar yig‘ilgan. Musobaqadagi maqsadlaringiz haqida gapirsangiz...
- Biz musobaqaning oxirigicha borishni maqsad qilganmiz. Biz kurashga tayyormiz. Aks holda bu bosqichga yetib kelmagan bo‘lardik. Birinchi o‘yinda uch ochko olishni maqsad qildik. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi