Og‘ir jarohatdan keyin uzoq muddat davolanib, mavsum oxiriga kelib safga qaytgan “Roma” himoyachisi Leonardo Spinatssola darrov grand klublar e’tiboriga tushdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Chempionlar ligasi g‘olibi “Real” va Fransiya chempioni PSJ italiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. Aslida bu klublar Spinatssolaga jarohat olguncha ham qiziqish bildirgan edi. Ular o‘yinchi safga qaytishini 10 oydan ziyod kutishga majbur bo‘ldi.
Spinatssolaning amaldagi shartnomasi yana ikki yil davom etadi. Mavsumda atigi to‘rt marta maydonga tushgan o‘yinchining narxi 20 million yevro atrofida baholanmoqda.
Maydonda bir necha pozitsiyalarda o‘ynay oladigan universal o‘yinchi aslida “Yuventus” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 29 yoshli futbolchi shu kunga qadar, “Roma” va”Yuventus”dan tashqari “Siyena”, “Atalanta”, “Vechensa”, “Perudja”, “Empoli” kabi jamoalarda ham to‘p tepgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi