Kelasi mavsum Chempionlar ligasi yo‘llanmasi va Yevropa ligasi g‘olibligi uchun kurashishga shaylangan “Roma”da yozgi transferlar vaqtida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Bosh murabbiy Joze Mourinyo kelasi o‘zi ishlamoqchi bo‘lgan futbolchilarni saralab bo‘ldi, endi kuchaytirilishi kerak bo‘lgan pozitsiyalarga yangi ijrochilari olinadi.
Yaqinda Yevropa matbuoti “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Roma”ga o‘tishi mumkinligi haqida yozgan edi. Har holda uning agenti Jorje Mendesh Joze Mourinyo manfaatlarini ham himoya qiladi va “Roma”ga bir necha futbolchi yetkazib bergani Ronalduning Rimga kelishi mumkinligidan dalolat berardi.
Italiya futbolini yoritishga ixtisoslashgan https://footballnews24.it saytining yozishicha, Joze Mourinyo Krishtianu Ronalduni Rimga kelishiga qarshi chiqqan. Portugaliyalik mutaxassis asosiy hujumchi Temmi Abraxam yonida yana bir kuchli forvard to‘p tepishini istayapti. Lekin bu Ronaldu bo‘lmaydi.
Ikkinchi tomondan, Mourinyo o‘zi o‘tgan yozda transferini so‘ragan Eldor Shomurodov jamoada qolishini taʼkidladi. Ronaldu va Shomurodov bitta pozitsiya vakillari ekanini inobatga olsak, portugaliyalik mutaxassis o‘z hamyurtidan ko‘ra, o‘zbek legioneri bilan ishlashni maʼqul ko‘rmoqda.
Shu tomondan, Eldorning oldida yana bir muhim bosqich turibdi. Uni bir mavsum davomida “Roma”ga moslashib olgan, deb qabul qilamiz. Har holda mavsum oxiridagi o‘yinlari shundan dalolat bermoqda. Shomurodov kelasi mavsum qudratli jamoalar qatoriga yorib kirishga urinayotgan “Roma”ning bir bo‘lagiga aylanishi shart.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”da qolgani maʼqul. Chunki o‘tgan mavsum tarkibida shunday yulduz bo‘lgan jamoa ham o‘z maqsadlariga yetisha olmasligini ko‘rsatdi. Hozir bir yulduzga bog‘langan jamoalar emas, balki jamoaviy o‘yinni yo‘lga qo‘ygan murabbiylar yutmoqda. Buni “Real”, “Manchester Siti”, “Liverpul” kabi klublarga qarab ham bilib olsa bo‘ladi.
Mourinyo yosh o‘yinchiga imkon beradi
Kelasi mavsum bosh murabbiy Joze Mourinyo ishonchini oqlashi kerak bo‘lgan o‘yinchilardan biri Edoardo Bovedir.
20 yoshli futbolchi Rim klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bove yarim yil oldin jamoa bilan yangi shartnoma tuzib, asosiy tarkib aʼzosiga aylandi.
Joze Mourinyo katta umid bildirayotgan bu futbolchi katta futboldagi debyut mavsumila 13 marotaba maydonga tushib, hatto A Seriya o‘yinlarida bitta gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi.
Bovening yangi shartnomasi 2025 yilning yarmigacha davom etadi. Kelasi mavsum murabbiylar shtabi unga ko‘proq imkon berishga qaror qilgan.
Garchi Boveni ijaraga olmoqchi bo‘lgan klublar safi kengayib borayotgan bo‘lsa-da, Mourinyo uni kelasi mavsum jiddiy sinovdan o‘tkazmoqchiligi uchun klub rahbariyati Boveni jamoada olib qolishga majbur bo‘lmoqda.
“Roma”ga raqib o‘yinchisi kerak
“Sassuolo”ning 22 yoshli yarim himoyachisi Davide Frattezi yakunlangan mavsum kashfiyotlaridan bo‘ldi.
Aslida bu futbolchi “Roma” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Rimliklar yosh isteʼdod egasini 2017 yili besh million yevro evaziga “Sassuolo”ga sotib yuborgan edi.
Markaziy yarim himoyachi A Seriyada o‘ynash darajasiga yetgunga qadar “Askoli” va “Monsa” kabi klublarda ijarada to‘p tepdi. Nihoyat, yakunlangan mavsumda “Sassuolo”ning asosiy o‘yinchilari qatoriga qo‘shildi.
Сalciomercato.com saytining maʼlum qilishicha, Frattezi “Roma” o‘yinchilari Brayan Kristante va Janluka Manchini manfaatlarini himoya qilayotgan agentlik kompaniyasi mijozi hisoblanadi. Ayni paytda “Roma” mutasaddilari har ikki futbolchi shartnomasini uzaytirish bo‘yicha agentlar bilan muzokara olib bormoqda.
Ular ana shu hamkorlik asosida o‘zlari tarbiyalagan Davideni ortga qaytarish masalasini ham ko‘rib chiqmoqchi. Bundan tashqari, Frattezi transfer huquqining 30 foiziga hamon Rim klubi egalik qilayotgani ham ishni osonlashtiradi.
Frattezi jami 38 ta o‘yinda to‘rttadan gol va assist muallifi bo‘ldi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi