23:55 / 01.06.2022
1 829

Bo‘stonliqdagi odamlarni tupurib davolaydigan tabib haqida maʼlumot berildi

Bo‘stonliqdagi odamlarni tupurib davolaydigan tabib haqida maʼlumot berildi
Foto: Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatida «odamlarni tupurib davolaydigan tabib paydo bo‘ldi» izohli xabarlar tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazdi.

Qayd etilishicha, o‘rganishlar davomida video tasvirdagi tabib (Bo‘stonliq tumanida yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan) fuqaro B.Y. aslida chorvachilik bilan shug‘ullanishi, tabiblik borasida maʼlumotga ega emasligi aniqlangan. Fuqaro B.Y. taxminan 2 yildan buyon Bo‘stonliq tumani Oqtosh qishlog‘idagi aholi orasida “Quyoshli” deb nomlangan tepalikda odamlarga echki suti sotish bilan shug‘ullanib kelgan.

U o‘zining ko‘rsatmasida 27 may kuni «Dorivor o‘simliklar haqida»gi kitobdan Chittigul ildizini kukun shaklida tomoqqa sepilsa, “lorengit” kasalligini davolashi haqida o‘qib qolganini aytgan. So‘ng tog‘dan Chittigul ildizini terib kelgan va kukun shaklida maydalab, quyosh taftidan nafas olish uchun kelgan fuqarolarga trubka orqali sepib (purkab), har bir muolajasi uchun 20 ming so‘mdan pul olgan.

Shuningdek, tekshiruv harakati davomida fuqaro B.Y. muolaja o‘tkazishda foydalanib kelgan buyumlar ashyo tariqasida olingan.

Foto: Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi
Hozirda holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bo‘stonliqdagi odamlarni tupurib davolaydigan tabib haqida maʼlumot berildi