1 184
Temur Kapadze: “Bugun stadionga tashrif buyurib, bizni qo‘llab turgan muxlislarga rahmat aytamiz”
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi 1-tur doirasidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Turkmaniston jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda bo‘lajak Olimpiyachilarimiz bosh murabbiyi Temur Kapadze va Hojimat Erkinov ishtirok etib, g‘alaba haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.
“O‘yin qiyin bo‘lishini bilar edik. Birinchi uchrashuv doim shunaqa bo‘lgan. Eng muhimi g‘alaba qozondik. Bu bilan hammani tabriklayman. O‘yin davomida ko‘p imkoniyatlar bo‘ldi. Ko‘p vaziyatlarda bizga gol yetishmadi. Turkmaniston yaxshi himoyalana oldi. Ayniqsa, ularning darvozaboni ancha vaziyatda aʼlo darajada harakat qildi”, – deya taassurotlari bilan ulashdi T.Kapadze.
“Butun xalqimizni ushbu g‘alaba bilan tabriklayman. Turkmaniston kuchli himoyalandi, vaziyatlarimizdan foydalana olganimizda, yirik hisobda g‘alaba qozongan bo‘lar edik”, – dedi Hojimat Erkinov.
– Barcha jamoalarda birinchi o‘yinda kuchli hayajon seziladi. O‘yin oldidan uni yengish uchun ruhiy holat bo‘yicha ko‘rsatma berilganmidi?
– Bu normal holat. Ayniqsa, yoshlarda ko‘p uchrab turadi. Bunaqa saviyadagi musobaqada bu tabiiy. Ko‘rib turganingizdek, muxlislarning ham ko‘pligi hayajonni kuchaytirdi. Bugun stadionga tashrif buyurib, bizni qo‘llab turgan minglab tomoshabinlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
– Jaloliddov jarohat olib maydonni tark etdi. Ahvoli qanday?
– Bu jarohat emas, charchoq alomati deb o‘ylayapmiz. Ko‘p harakat qilganidan unda tomir tortishish holati kuzatildi. Yana bugun shifokorlar bilan uning ahvolini yaxshilab ko‘rib chiqamiz.
– Bugun standart vaziyatlardan foydalanishda ish yurishmadi. Keyingi o‘yinlargacha bu xatolar ustida ishlanadimi?
– Bu borada mashg‘ulotlarda ancha ishlaganmiz. Ko‘rganingizdek, raqib jamoa ham kuchli himoya bilan hujum va paslarimizni bartaraf etdi. Keyingi o‘yinlarda kombinatsiyalar samarasini berishiga ishonaman.
– Keyingi uchrashuv haqida . . .
– Qatar va Eronning o‘yinlarini o‘rganib chiqdik. Bu musobaqada kuchsiz jamoaning o‘zi bo‘lmaydi. Jamoaga boshqa klubdan yangi qo‘shilgan yigitlar bilan oldinga qo‘yilgan vazifani uddalaymiz. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi