
Foto: Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida «Moskvich» avtomashinasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Buvayda tumani FVBga tungi soat 21:30 da «Bunyodkor taraqqiyot metan servis» MCHJga qarashli AGTSHdan gaz to‘ldirib chiqayotgan «Moskvich» avtomobili yonayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv guruhi voqea joyiga soat 21:40 da yetib borgan. Yong‘in soat 21:43 da to‘liq bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida jarohatlangan va vafot etganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar