11:24 / 02.06.2022
979

Avstraliya U-23 o‘yinchisi: "Biz bu musobaqada chempion bo‘la olamiz"

Avstraliya U-23 o‘yinchisi: "Biz bu musobaqada chempion bo‘la olamiz"
Yurtimiz mezbonlik qilayotgan U-23 Osiyo kubogining birinchi turida Avstraliya U-23 termasi Quvayt U-23 jamoasini (2:0) mag‘lub qildi.O‘yinda n so‘ng, Avstraliya U-23 termasi bosh murabbiyi Trevor Morgan va o‘yinning eng yaxshi o‘yinchisi Jey Rich Baguelou matbuot anjumanida qatnashishdi.

-Janob murabbiy, o‘yin haqidagi fikrlaringiz?
- Birinchi o‘yindagi g‘alaba juda muhim edi. Juda qiyin o‘yin bo‘ldi. Sababi, Quvayt tarkibidagi o‘yinchilar juda kuchli. Men juda baxtliman. Endi keyingi o‘yin haqida bosh qotirishni boshlaymiz.

- O‘yinchi Jey Rich Baguelouga savol. Musobaqani qanday boshlab oldingiz?
- Birinchi o‘yinda g‘alaba qozondik. Biz bunga ishongandik. Oxirida yaxshi natija qayd eta oldik. Bor e’tiborimiz endi keyingi o‘yinga qaratiladi.

- Janob murabbiy, bu o‘yinda ustunlikka erishdingiz. Bu o‘yindan qanday savollaringizga javob oldingiz?
- Ha siz haqsiz, bu o‘yinda biz katta ustunlik ko‘rsatdik. Bog‘lovchi vaziyatlarda qanday harakat qilish ustida ishlashimiz lozim. Bu o‘yindan aynan shu narsani tushunib oldik.

- O‘yinchiga savol. Jamoangiz ushbu musobaqada chempion bo‘lishiga ishonasizmi?
- Albatta, men nimaga qodir ekanligimizni bugun ko‘rdim. Ha, albatta chempion bo‘la olamiz.

- Janob murabbiy ushbu g‘alabada keyingi o‘yinlarda g‘alaba qozonish uchun qo‘shimcha ishonch beradimi?
- Birinchi o‘yinda g‘alaba qozonish har doim ishonchni oshiradi. Biz o‘sishda davom etishimiz lozim. Keyingi ikki o‘yinni intizorlik bilan kutmoqdamiz. Albatta, ishonch juda muhim faktor. Ammo keyingi ikki o‘yinda g‘alaba qozonish uchun biz avvalgi o‘yindan ko‘ra yaxshiroq harakat qilishimiz lozim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Avstraliya U-23 o‘yinchisi: "Biz bu musobaqada chempion bo‘la olamiz"