860
Iroq U-23 bosh murabbiyi Miroslav Soukup: "Bizning o‘yin muxlislar uchun juda qiziqarli bo‘ldi"
Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan U-23 Osiyo kubogining birinchi turidan o‘rin olgan Iordaniya U-23 va Iroq U-23 termalari o‘rtasidagi uchrashuv (1:1) yakunlandi. O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida Iroq U-23 bosh murabbiyi Miroslav Soukup va uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi Vakaa Ramadan qaynashdi.
Murabbiyning o‘yin haqidagi fikrlari
- Barchaga hayrli kech. Nima ham deya olaman. O‘yindan oldin ham bugun juda kuchli raqibga qarshi duch kelishimizni aytgandim. Iordaniya juda kuchli jamoa ekanini isbotladi. Ikkala jamoa ham g‘alaba qozonishi mumkin edi. Bizning o‘yin muxlislar uchun juda qiziqarli bo‘ldi. Endi keyingi o‘yin haqida o‘ylashni boshlashimiz kerak. Sababi, yana ikki kundan keyin yana bir qiyin raqib bo‘lmish Avstraliyaga qarshi maydonga chiqamiz. Keyingi bosqichga chiqishni rejalashtirganmiz. Ikkinchi taym biz uchun birinchisidan ko‘ra yaxshiroq o‘tdi. Sababi, Iordaniya birinchi bo‘limda juda kuchli harakat qildi. Ikkinchi taymda esa biz vaziyatni o‘ngladik. VARning qarorini hurmat qilamiz. O‘yindan oldin kimdir menga durang seni qoniqtiradimi deganda, men ha deb javob berardim. Endi keyingi o‘yinlarga e’tibor qaratishimiz lozim.
- O‘yinchiga savol. Iordaniyaga qarshi o‘yin qanday kechdi?
- O‘yindan oldin biz g‘alaba qozonishni maqsad qilgandik. Ammo durang ham yomon natija emas. Bor kuchimizni ishga soldik. Keyingi o‘yinlarda xatolarni kamaytirib, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.
- Janob murabbiy, bekor qilingan penaltiga munosabatingiz qanday?
- Yuqorida ham ta’kidlab o‘tdim. Men u yerda nima bo‘lganini aniq ko‘rganim yo‘q. Hech kim bizga nega penaltini bekor qilishganini aytgani yo‘q. Hakam o‘sha vaziyatdan biroz oldin qo‘l bilan o‘yin bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini aytdi. Vaziyat yakunlandi. Men hakamni tanqid qilmoqchi emasman. Biroq xuddi shunga o‘xshash boshqa bir holatda hakam teskari qaror chiqardi. Ammo bu yerda VAR bor va men uning qarorlarini hurmat qilaman.
- Birinchi bo‘limdan keyin shodirlaringizga qanday ko‘rsatmalar berdingiz?
- Biz shunchaki o‘z xatolarimiz haqida gaplashdik. Tanaffusda bitta o‘yinchini almashtirdik. Sababi, biz nimanidir o‘zgartirishimiz kerak edi. Iordaniya termasining zaif nuqtalari haqida ham maslahatlashdik. Shundan so‘ng, ikkinchi bo‘limda biz biroz yaxshi harakat qildik. Hujumda ham xavfli vaziyatlar yaratdik.
- Jamoangiz bir ochkoga ega bo‘ldimi yoki ikki ochko yo‘qotdimi?
- Aytganimdek, biz bugun juda kuchli jamoaga qarshi o‘ynadik. O‘yinnig oxirgi daqiqalarida ikki jamoa ham gol urishga intildi. Bu esa ajoyib. Muxlislar bundan yutishdi. O‘yinchilarimga bu o‘yin uchun rahmat aytdim. O‘yin menda ijobiy taassurot qoldirdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi