
Kiyevning «Dinamo» klubi va O‘zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi Maksim Shatskix «Paxtakor» klubida sport direktorligi lavozimida ish boshladi. Bu haqda «sherlar» matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: «Paxtakor»
«Sherlar» 43 yoshli mutaxassis bilan shartnoma imzolagan. Uning tafsilotlari ochiqlanmagan. Bunga qadar ushbu lavozimda Ja’far Irismetov faoliyat yuritardi.
«Paxtakor» tarbiyalanuvchisi hisoblangan Shatskix futbolchilik faoliyatini O‘zbekistondan tashqarida o‘tkazgan. U «Dinamo Kiyev» (1999—2009), «Arsenal Kiyev» (2010—2012, 2013) va boshqa qator klublarda to‘p surgan. 1999—2014 yillar mobaynida O‘zbekiston milliy terma jamoasida harakat qilgan.
2016 yilda butsilarini mixga ilgan Shatskix «Dinamo Kiyev»da murabbiy yordamchisi sifatida ish boshladi. 2019 yilda Rossiyaning «Rotor» klubi bosh murabbiyiga assistent bo‘ldi va 2021 yildan u yerdan ketganidan beri ishsiz yurgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar