
Professional boksning super yarim yengil vazn toifasida (58,9 kg) IBF chempioni yaponiyalik Kenishi Ogava (26-2-1, 18KO) va da’vogar britaniyalik Jo Kordina (15-0, 9KO) o‘rtasidagi jang o‘z nihoyasiga yetdi.
Uelsning Kardif shahrida Matchroom promouterlik kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan boks oqshomi asosiy jangi hisoblangan ushbu bahs uzoq davom etmadi. 2-raundning o‘rtalarida Kordinaning o‘ng qo‘l to‘g‘ridan yo‘llangan zarbasi Ogavani ringga qulatdi va uni qiyin ahvolga solib qo‘ydi.
Hakam esa jangni muddatidan oldin to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Shu tariqa ushbu vaznda Jo Kordina yangi IBF chempioniga aylandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar