
Quvayt U-23 hamda Iordaniya U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda nominal mehmonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Iordaniya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ahmad Hayel bellashuvdan keyin qisqacha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bizga bu g‘alaba kerak edi. Quvayt juda yaxshi jamoa va himoyasi kuchli. Aburiziq bizga o‘ta muhim golni urib berdi. U so‘nggi ikkita o‘yini orqali sifatli hujumchi ekanini ko‘rsatib qo‘ydi.
Hozir bizning e’tiborimiz Avstraliyaga qarshi bahsga qaratilgan. G‘alaba qozonishimiz shart. To‘g‘ri, oson bo‘lmaydi. Buni bilamiz. Ammo keyingi bosqichga chiqish uchun borimizni berishga tayyormiz", - dedi mutaxassis. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar