Gruziyaning Tbilisi shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Bugun musobaqaning so‘nggi kunida qatnashgan 3 nafar og‘ir vaznli polvonimiz shohsupaga ko‘tarildi.
O‘zining ajoyib ishtiroki bilan ko‘plab mutaxassislar e’tirofiga tushayotgan xorazmlik Alisher Yusupov Tbilisida joriy yil hisobidan “Katta dubulg‘a” turnirlarida ikkinchi bor finalgacha yetib keldi. Afsuski, vakilimiz bu gal gruziyalik Gela Zaalashviliga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shuningdek, -100 kg vazn toifasida Otabek To‘raboyev, +100 kg vazn toifasidagi boshqa bir yurtdoshimiz Shohruh Baxtiyorov bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Qayd etish joiz, bu ular uchun mazkur tasnifdagi turnirlarda qo‘lga kiritilgan dastlabki medaldir.
Shu tariqa, Tbilisi “Katta dubulg‘a” turnirida qatnashgan dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani 1 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan yakunladi.
Kumush medal:
+100 kg: Alisher Yusupov
Bronza medal:
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev
-100 kg: Otabek To‘raboyev
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov
MOQ matbuot xizmati
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”