Osiyo kubogi saralash bosqichidan oldin matbuot anjumani o‘tkazilibdi. Srechko Katanetsning fikrlarini hozirgina o‘qidim (anchadan beri futboldan uzoqdaman, bugun bo‘lishini bilmagandim rosti). Unda Oqil Abdubarnoyev mening 30 may kuni yozganlarim asosida murabbiyga savollar beribdi. Sloveniyalik mutaxassisning o‘zini himoya qilish shakllari e’tiborimni tortdi. Quyida shu haqda.
1. A’zamov haqida so‘ralganda, janob Katanes kontr-savol bilan oldinga o‘tdilar: Siz "Paxtakor"ning o‘yinlarini ko‘ryapsizmi? U nechta o‘yinda maydonga tushdi?
Bir qarashda murabbiy haqdek ko‘rinadi. Lekini bor. Keling, shu mantiq asosida yig‘inga chaqirilgan boshqa o‘yinchilarni saralab chiqamiz. Darvozabonlardan boshlaylik: Valijon Rahimov — ana xolos!
Shu nuqtada mister Srechkoning o‘ziga kontr-savol berilishi mumkin edi: Yaxshi. Unda siz AGMK ishtirokidagi o‘yinlarni kuzatyapsizmi? Nega 27 apreldan beri zaxirada qolib ketayotgan Rahimovni chaqirdingiz? 23 may kuni nolga o‘ynagan A’zamov yo‘q? Bu bilan yuqorida o‘zingiz aytgan fikrni o‘zingiz rad qilib qo‘ymayapsizmi?..
2. Bobir Abdixoliqov borasidagi savolga esa shunday javob berilgan: Saralashda yangi futbolchilarni sinab ko‘ra olmaymiz. Shuning uchun oldin birga ishlagan o‘yinchilarimizni jalb qildik.
Yana murabbiy haqdek ko‘rinadi. Keling, yana uning mantig‘i asosida tarkibdagi boshqa o‘yinchilarni saralab ko‘ramiz. Shu nuqtada murabbiyga yana bir qancha savollar paydo bo‘ladi: Oston O‘runov milliy jamoadagi oxirgi o‘yinini qachon o‘tkazgani yodingizdami? Akrom Komilov-chi?
Bilmasangiz, aytishimiz mumkin: Oston 2021 yilning mart oyida, Akrom esa 2019 yilda maydonga tushgan. Ya’ni, Kuper va Karlenovich davrida. Siz yana o‘z mantig‘ingizni o‘zingiz rad qildingiz.
Xullas, kattaroq jurnalist bo‘lsa, Katanetsni matbuot anjumani zaliga "ko‘mib qo‘yishi" mumkin edi...
Men bularni nega yozdim? Faqat bitta sababi bor: yuqorida aytilganidek, janob Srechko o‘z prinsiplarini ba’zi nuqtalarda o‘zi buzib qo‘yyapti. Bunaqasi oldingi yig‘inda ham bo‘lgandi. "Navro‘z kubogi"da yangi nomlar ko‘proq imkon berishini aytib, barcha uchrashuvlarda Eldorni asosiy tarkibda tushurgani yodimda.
Yana shuni bilamanki, hozir ko‘pchilik Katanetsning noo‘rin tanqid qilinayotgani aytadi. Men esa o‘z fikrimda qolaman (Abdixoliqov, Norxonov, G‘iyosov va A’zamov milliy jamoa libosiga loyiq edi). Bundan tashqari, muvaffaqiyatga qarsakbozlik bilan yetib bo‘lmasliginiyam eslatib qo‘yish kerak. Rivojlanish faqat fikrlar xilma-xilligi va tanqid bor joyda bo‘ladi. Bizning qo‘limizda hech qanday vakolat yo‘q. Shunchaki, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishga harakat qilamiz.
P.s. Qarang, jurnalist zoti qanchalik g‘alati bo‘ladi. Million dollar oladigan murabbiy muvaffaqiyatsizlikka uchramasligi, ishidan ayrilmasligi uchun uning xatolarini tekinga ko‘rsatib beramiz.
Muallif: Faxriddin Ro'ziyev
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”